Nazarov Farrux Xoliyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aylanma harakatli oqimlarning matematik modellari va ularni sonli echish», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM236.
Ilmiy rahbar: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019. T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Savet Ishonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Zokirov Asqar Xalilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modellarini qurish va ularasosida siklon tipidagi chang tutkichlarning fizik xususiyatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Eyler va Nav`e-Stoks tenglamalari asosida chang tutkichda kechadigan jarayonlarning matematik modellari ishlab chiqilgan;
turbulent oqimlar uchun Nav`e-Stoks tenglamalari asosida chang tutkich ichidagi havo va qattiq fazaning o‘zaro ta’sirlashuvini hisobga olgan holda sonli echim olingan;
turbulentlikning Spalart-Allmaras va k-e modellaridan foydalanib yassi plastinani oqib o‘tish va o‘qqa nisbatan simmetriyaga ega struyaning sokin muhitda tarqalishi masalalari echilgan;
ikki muhitli aylanma harakatli turbulent oqim uchun sonli echim olingan, uning stend tajriba natijalari bilan mosligi ta’minlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markazdan qochma chang tutkich ichida kechadigan jarayonlarning takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar asosida:
chang tutkich ichida kechadigan turbulent oqimlarni sonli echish algoritmi va dasturiy vositasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Rux zavodida mayda rux kukunini ajratib olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 21 fevraldagi AS-01440-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi rux kukunini 7 mkmdan kichik va katta bo‘lgan ikki fraksiyaga ajratish imkonini bergan;
chang tutkich ichida kechadigan jarayonni ifodalovchi matematik model`, sonli echish algoritmi va yaratilgan dasturiy vositasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Rux zavodida rux kukunini separatsiyalashga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 21 fevraldagi AS-01440-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi chang tutkichning foydali ish koeffisienti 50-70% ga oshirish va xorijda ishlab chiqarilayotgan rux kukunining sifatidan qolishmaydigan mahsulot olish imkonini bergan.