Azizov Aktam Sharipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qand jo‘xori navlarini tanlash, etishtirish va qayta tiklanuvchi energiya xom-ashyosi sifatida foydalanishni ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Qx148.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Hasan Cho‘tboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Omonov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qand jo‘xorining poya sharbatida yuqori qand to‘plovchi navlarini tanlash, etishtirish va ulardan muqobil energiya xom-ashyosi sifatida foydalanish istiqbollarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor sho‘rlangan va tipik bo‘z tuproq sharoitlarida qand jo‘xoriining biologik, morfologik xususiyatlari bo‘yicha yuqori xo‘jalik qimmatli belgilariga ega bo‘lgan navlar tanlangan;
qand jo‘xori navlari poyasida qand to‘planish jadalligining o‘suv fazasiga bog‘liqligi isbotlangan;
qand jo‘xori navlari xo‘jalik-qimmatli belgilari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik (r=0,96) aniqlangan;
muqobil energiya xomashyosi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan qand jo‘xori navlaring biomassasi va sharbatining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
muqobil energiya xomashyosi sifatida qand jo‘xori sharbatini bijg‘itish uchun maqbul achitqi shtammlari tanlangan;
muqobil energiya xomashyosi sifatida qand jo‘xori biomassasidan foydalanish mumkinligi isbotlangan;
qand jo‘xori biomassasidan muqobil energiya xomashyosi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan «Universal aktivatorli vakuum-bug‘latish» qurilmasi yaratilgan;
qand jo‘xori biomassasidan muqobil energiya olish jarayonida hosil bo‘ladigan tarkibi uglevod bo‘lgan massadan biogaz olishda va poya siqmasidan hosil bo‘ladigan ikkilamchi mahsulotlardan chorvachilikda samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qand jo‘xori navlarini tanlash, etishtirish va qayta tiklanuvchi energiya xom-ashyosi sifatida foydalanishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Yuqori mahsuldor em-xashak ekini va muqobil energiya xom-ashyosi sifatida qand jo‘xori o‘simligidan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 02/021-3729-son ma’lumotnomasi). Natijada em-xashak ekini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida oziqa bazasi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda;
qand jo‘xorining ozuqa moddalariga boy, yuqori mahsuldorlik, tanlangan «Qorabosh» «O‘zbekiston 18» va «Oranjevoe 160» navlari Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «SOF AGRO» MChJda 200 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 02/021-3729-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bioyoqilg‘i (bioetanol) ishlab chiqarish sanoatiga «Qorabosh» navida gektaridan sof poya og‘irligi 30,2 t/ga, qandliligi 17-19%; «Oranjevoe 160» navida sof poya og‘irligi 55,3 t/ga qandliligi 18,0-19,6%, O‘zbekiston 18 navida sof poya og‘irligi 67,69 t/ga va qandlilik ko‘rsatkichlari 19-20,4% bo‘lgan mahsulot etishtirishga erishilgan;
«Universal aktivatorli vakuum bug‘latish» qurilmasi ning tajriba nusxasini sinash ishlanmasi «LIVADIYA-BUKHARA» MChJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 02/021-3729-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ananaviy texnologiyalarga nisbatan ishlab chiqarish samaradorligi 15-20% ortishiga erishilgan;
qand jo‘xoridan bioetanol olishda ajralib chiquvchi ikkilamchi mahsulotlardan «Biogaz» olish qurilmasida xom-ashyo sifatida foydalanish ishlanmasi «Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar» ilmiy markazida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 02/021-3729-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida biogaz qurilmasining ishlab chiqarish samaradorligi 10-15% ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish