Rasulov Ulugbek Abdugafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son-tizza osti-boldir arterial segmenti okklyuziyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda in situ autovenoz shuntlash usuli», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib136.
Ilmiy maslahatchi: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminov Shuxrat Mannapovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: in situ usulida autovenoz shuntlash yo‘li bilan son-tizza osti-boldir segment arteriyalari zararlangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
son-tizza osti-boldir segmenti okklyuziyasini davolashning in situ son-tizza osti autovenoz shuntlashni birgina shunt yordamida profundoplastika bilan original usulda qo‘shib bajarishga asoslangan jarrohlik usuli ishlab chiqilgan;
qon oqimi kuchining minimal yo‘qotilishi va buning oqibatida shunt o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi va uzoq muddatlarda oyoqning saqlab qolinishini ta’minlash uchun qon tomir anastomozini shakllantirishning optimal burchagi aniqlangan;
son-tizza osti-boldir segmenti arteriyalari okklyuziyasi tufayli vujudga kelgan oyoq ishemiyasi bilan bemorlarda qo‘llanilgan autovenoz shuntlashning har xil turlarini bajarishda gemodinamikaning xsusiyatlari aniqlashtirilgan;
son-tizza osti-boldir segmenti arteriyalarida bajariladigan turli xil rekonstruktiv amaliyotlarida in situ autovenoz shuntlash usulida shuntlovchi vena diametri "kirish" qismida "chiqish" qismi diametridan katta bo‘lgan hollarda eng yaxshi gemodinamik ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi matematik modelni yaratish yo‘li bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Son-tizza osti-boldir arterial segmenti okklyuziyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Son-tizza osti-boldir segmenti arteriyalaridagi okklyuziyalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 1il 20 fevralidagi IAP 05546-sonli ixtiroga patenti). Bu usulda bitta shunt bilan profundoplastika kombinatsiyasida son-tizza osti segmenti in situ autovenoz shuntlash shunt o‘tkazuvchanligini 19,7% va oyoqni saqlab qolishni 8,3% ga yaxshilash imkonini bergan;
«Oyoq arteriyalarda obliteratsiyalovchi kasalliklari diagnostikasi uchun dastur» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/68-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan dastur oyoq arteriyalarni surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklari diagnostikasi sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«Oyoq arteriyalarda obliteratsiyalovchi kasalliklar bilan bemorlarni davolashning optimal usulini tanlash uchu dastur» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/68-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan dastur son-tizza osti-boldir segmentidagi arteriyalarini jarrohlik usulida davolashni tanlashning taktik jihatlarini optimallashtirish imkonini bergan;
son-tizza osti-boldir arterial segmenti okklyuziyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qon tomir jarrohligi bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik shifoxonasining torakal va qon tomir jarrohligi bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy harbiy shifoxonasi va ko‘p tarmoqli Toshkent tibbiyot akademiyasining qon tomirlar jarrohligi bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/68-sonli ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Oyok arteriyalari surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklar bilan bemorlarda jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish kritik ishemiyani bartaraf etish hamda son-boldir shuntlashda shuntning kumulyativ o‘tkazuvchanligini 61% dan 81,5% gacha, amaliyotdan 24 oy o‘tgach oyoqni saqlab qolish ko‘rsatkichini 80% dan 88,3% gacha oshirish imkonini bergan.