Baqoev Husan Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining ekonometrik tadqiqi (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1200.
Ilmiy rahbar: G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, asosiy tendensiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni statistik usullardagi tahlilini takomillashtirish va ekonometrik modellarini tuzish hamda prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning tadbirkorlik sohasini rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik baholashni uslubiy jihatlari kichik biznes sohasining integral ko‘rsatkichlarni qo‘llash asosida takomilllashtirilgan;
viloyatdagi har bir shahar va tumanlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanganlik darajasi, investisiya muhiti, tadbirkorlik salohiyati hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari ko‘p omilli indeks usulidan foydalanish asosida statistik baholangan; 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining innovatsion rivojlanishi hamda tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari korxonalar innovatsion salohiyatini baholash uslubi asosida takomillashtirilgan; 
hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida prognozlar (2020-2025 y.) ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining ekonometrik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
hududlarning tadbirkorlik sohasini rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik baholashning uslubiy jihatlarini kichik biznes sohasining integral ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 20 martdagi 01/1-04-18/2-67-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda kichik tadbirkorlik muhitining shakllanishi, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasiga ta’sirini ekonometrik modellar asosida baholash imkonini 8-10 foizga oshirgan;
viloyatdagi har bir shahar va tumanlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanganlik darajasi, investisiya muhiti, tadbirkorlik salohiyati hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli indeks usulidan foydalanish asosida statistik baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti amaliyotiga joriy etilgan (Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2020 yil 14 fevraldagi  01/1-01-15/2-60-1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini indeks usulidan foydalanib, statistik baholash imkoniyatlari 10,0 foizga oshirgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining innovatsion rivojlanishi hamda tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari korxonalar innovatsion salohiyatini baholash uslubi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 3-2/20-60-son ma’lumotnomasi).  Bu esa hududlarda kichik biznes sohasining innovatsion rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishida xalqaro talablar va standartlarga mos keluvchi statistik tahlilning zamonaviy usullarini, ko‘rsatkichlarini, baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha statistik uslubni takomillashtirish imkonini bergan; 
hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ko‘p variantli statistik prognozlar (2020-2025 y.) ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 3-2/20-60-sonli ma’lumotnomasi).  Bu esa  hududlardagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish