Atadjanov Jasurbek Abdusharibovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p tilli taqsimlangan axborot-kutubxona va arxiv ma’lumotlar bazalaridan o‘xshash matnlarni qidirish usul va algoritmlari», 05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T169.
Ilmiy maslahatchi: Rahmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Odilovich, ijtimoy fanlar doktori, professor; Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kuchkarov Taxir Safarovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilmiy-ta’limiy faoliyatda axborot ta’minotini takomillashtirish uchun, ko‘p tilli to‘liq matnli kutubxona va arxiv ma’lumotlar bazalaridan axborot qidirish usuli, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-kutubxona va arxiv tizimlarida ko‘p tilli to‘liq matnli ma’lumotlar asosida axborot qidirish modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
matn tarkibidagi so‘zlarni morfologik tahlil qilish hamda ma’no anglatuvchi so‘zlar to‘plamini aniqlash bo‘yicha model va algoritmlar ishlab chiqilgan;
so‘zlarni sinonim shakllarini qo‘llash asosida yuzaga keladigan yashirin plagiatni aniqlashga imkon beruvchi model va algoritm ishlab chiqilgan;
so‘zlarni sinonim shakllarini inobatga olgan holda ilmiy-ta’limiy axborotlarni mashina yordamida ruknini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
ko‘p tilli arxiv va kutubxona ma’lumotlar bazalarida matnlarni o‘zaro o‘xshashligini aniqlovchi CLAD (Cross Language Analog Detector – ko‘p tilli matnlarning o‘xshashligini aniqlash) usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p tilli taqsimlangan axborot-kutubxona va arxiv ma’lumotlar bazalaridan o‘xshash matnlarni qidirish usul va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘zlarning sinonim shakllarini qo‘llash asosida yuzaga keladigan yashirin plagiatni aniqlashga imkon beruvchi model, algoritm hamda ko‘p tilli arxiv va kutubxona ma’lumotlar bazalarida matnlarni o‘zaro o‘xshashligini aniqlovchi CLAD usuli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi axborot tizimiga dasturiy modul sifatida tadbiq qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 33-8/9210-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, ilmiy-ta’limiy ma’lumotlari asosida elektron kutubxonani tashkil qilish hamda muassasa xodimlari uchun matnlarni o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘xshashlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
matn tarkibidagi so‘zlarni morfologik tahlil qilish hamda ma’no anglatuvchi so‘zlar to‘plamini aniqlash bo‘yicha model va algoritmlar hamda matnlarni mashina yordamida ruknini aniqlash algoritmlari O‘zbektelekom aksionerlik jamiyati simli telefon abonentlariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan KASR va tBilling tizimlariga tadbiq qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7394-son ma’lumotnomasi). Natijada, telefon stansiyalaridan kelgan CDR fayllarni billing tizimiga yuklash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. Billing tizimiga so‘zlashuvlarni takror kiritilishining oldi olindi hamda mazkur jarayonda faoliyat olib borayotgan xodimlarning kuniga o‘rtacha 12% ish vaqti tejalgan hamda o‘rtacha yillik 36 mln. so‘mlik xizmat ko‘rsatish tannarxining kamayishiga erishilgan;
axborot-kutubxona va arxiv tizimlarida ko‘p tilli to‘liq matnli ma’lumotlari asosida axborot qidirish modeli va algoritmi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman xalq ta’limi bo‘limi va unga qarashli 52 ta o‘rta maktablar uchun markazlashgan elektron kutubxona ishlab chiqilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 33-8/9210-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron kutubxonada to‘liq matnli fayllardan ma’lumot qidirish jarayoni yo‘lga qo‘yilishi natijasida kerakli ma’lumotlarni izlab topish uchun sarflanadigan vaqtni 20-30 barobarga qisqarishiga olib kelgan.