Qodirov Xumoyun Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyatini xalqaro marketing strategiyalari asosida oshirish», 08.00.11 - Marketing (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt747. 
Ilmiy rahbar: Soliev Axmadjon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmamatov Diyor Xakberdievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyatini xalqaro marketing strategiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlari amaliyotidagi monopolistik holatlarning oldini olish maqsadida hududlardagi kichik ishlab chiqaruvchilarga o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida klasterlar ixtiyoridagi dastgoxlardan foydalanish, ip va matolarini imtiyozli asosda bo‘yab berish hamda qo‘shma eksportni tashkil etish asoslangan;
Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi «Bojxona Ittifoqi»ning (TRTS.007/2011) va O‘zbekistonning (UzTR 148-008:2016) «Engil sanoat mahsulotlari xavfsizligi umumiy texnik reglament»lari o‘rtasida aniqlangan ko‘rsatkichlardagi tafovutlarning texnik reglamenti (TR)ga qo‘shimcha kiritish taklifi asoslangan;
geografik va infratuzilma jihatdan qulay eksport bozorlariga moslashish hamda ular orqali yangi bozorlarni o‘zlashtirish vositasida tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti logistik xarajatlarini kamaytirish asoslangan;
eksport salohiyati ko‘rsatkichlarini baholashning ekspert usulini modifikatsiyalagan holda Andijon viloyati tikuv-trikotaj korxonalari eksport faoliyatining 2025 yilgacha ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlari amaliyotida monopolistik holatlarning oldini olish maqsadida hududlardagi kichik ishlab chiqaruvchilarga o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida klasterlar ixtiyoridagi dastgoxlardan foydalanish, ip va matolarni imtiyozli asosda bo‘yab berish hamda qo‘shma eksport amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasining 2019 yil 25 noyabrdagi  932/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tumanlar hokimliklari bilan hamkorlikda maxsus dastur asosida ish olib borish rejasi ishlab chiqilgan;
Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi «Bojxona Ittifoqi»ning (TRTS.007/2011) va O‘zbekistonning (UzTR 148-008:2016) «Engil sanoat mahsulotlari xavfsizligi umumiy texnik reglament»lari o‘rtasida muallif tomonidan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi a’zosi bo‘lgan «Max Textile» MChJ va «Tekstil plys» XKda aniqlangan ko‘rsatkichlaridagi tafovutlar bo‘yicha texnik reglament(TR)ga qo‘shimcha kiritish taklifi Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 dekabrdagi 04/18-5113-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan texnik reglament (TR)ga qo‘shimcha kiritish taklifi berilgan;
geografik va infratuzilma jihatdan qulay eksport bozorlariga moslashish hamda ular orqali yangi bozorlarni o‘zlashtirish vositasida tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti logistik xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Nil-Granit» MChJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 dekabrdagi 04/18-5113-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatning eksporti hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 208,7 %ga oshgan; 
tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyati ko‘rsatkichlarini baholashning ekspert usuliga qo‘shimcha kiritilgan holda Andijon viloyatida 2025 yilgacha ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Inwestteks» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 dekabrdagi 04/18-5113-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatning mehnat unumdorligi 2018 yilda   2017 yilga nisbatan 8 %dan oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish