Mirxayotov Mirvoxid Mirzoxid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt837. 
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Isroilov Baxodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning milliy tizimini takomillashtirish maqsadida milliy PYu/TMQK tizimi modelining tashkiliy-uslubiy qoidalari ishlab chiqilgan; 
tijorat banklarida PYu/TMQK maqsadlarida sub’ektiv omillarning ta’sirini pasaytirish, moliyaviy monitoring qilish sifatini oshirish va mijozlarni identifikatsiya qilish, nazoratni taqozo etuvchi operatsiyalarni aniqlash, xabardor qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tashkiliy-tarkibiy model taklif etilgan; 
mamlakat PYu/TMQK tizimini tahlil qilishda faoliyat ko‘rsatayotgan kredit tashkilotlari holatini Markaziy bank tomonidan baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan; 
mamlakat bank sektorida joriy etish uchun ishlab chiqilgan jinoiy yo‘l orqali olingan daromadlarni qonnuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish va axborot berish bo‘yicha egiluvchan, universal va avtomatlashtirilgan tizim (AISPOD) dasturini yaratishning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning milliy tizimini takomillashtirish maqsadida milliy PYu/TMQK tizimi modelining tashkiliy-uslubiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Toshkent shahar «Poytaxt Bank» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019 yil 16 oktyabrdagi 2913-19-son, Toshkent shahar «Poytaxt Bank» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 oktyabrdagi MT 10-43/1094-son ma’lumotnomalari). Mazkur qoidalarning amaliyotga joriy etilishi jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimining tashkiliy-uslubiy modelini takomillashtirish imkonini bergan;
tijorat banklarida PYu/TMQK maqsadlarida sub’ektiv omillarning ta’sirini pasaytirish, moliyaviy monitoring qilish sifatini oshirish va mijozlarni identifikatsiya qilish, nazoratni taqozo etuvchi operatsiyalarni aniqlash, xabardor qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tashkiliy-tarkibiy model O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Toshkent shahar «Poytaxt Bank» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019 yil 16 oktyabrdagi 2913-19-sonli, Toshkent shahar «Poytaxt Bank» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 oktyabrdagi MT 10-43/1094-son ma’lumotnomalari). Mazkur qoidalarning amaliyotga joriy etilishi jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy monitoring qilish sifatini oshirish va mijozlarni identifikatsiya qilish, nazoratni taqozo etuvchi operatsiyalarni aniqlash, xabardor qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini bergan;
mamlakat PYu/TMQK tizimini tahlil qilishda faoliyat ko‘rsatayotgan kredit tashkilotlari holatini Markaziy bank tomonidan baholash uslubiyoti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019 yil 16 oktyabrdagi 2913-19-sonli, «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 15 oktyabrdagi 03-01-16/1357-son ma’lumotnomalari). Mazkur qoidalarning amaliyotga joriy etilishi tijorat banklarining jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimining samaradorligini baholash uslubiyotlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish imkonini bergan; 
mamlakat bank sektorida joriy etish uchun ishlab chiqilgan jinoiy yo‘l orqali olingan daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish va axborot berish bo‘yicha egiluvchan, universal va avtomatlashtirilgan tizim (AISPOD) dasturini yaratishning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019 yil 16 oktyabrdagi 2913-19-sonli, «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 15 oktyabrdagi 03-01-16/1357-son ma’lumotnomalari). Mazkur qoidalarning amaliyotga joriy etilishi jinoiy yo‘l orqali olingan daromadlarni qonnuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish va axborot berish bo‘yicha egiluvchan, universal va avtomatlashtirilgan tizim (AISPOD) dasturini yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish