Latipova Nodira Muxtarjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Sots3. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchi: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Anvar, falsafa fanlari doktori, professor; Abduazimov Oqiljon Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori; Karimova Dildora Mirsobitovna, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy rivojlanish jarayonlariga kompleks yondashuvi asosida O‘zbekistondagi oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila va bolalarni ijtimoiy zararli tashqi (madaniy, siyosiy) ta’sir omillaridan profilaktika qilish va yangi O‘zbekiston muhitida insoniylashgan ijtimoiy himoya tizimi  (inklyuziv yondoshuv, har bir shaxsga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, go‘daklar va bolalar o‘limini pasaytirish bo‘yicha preventiv ishni yo‘lga qo‘yish, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha investisiya samaradorligini oshirish)ni joriy etish yo‘llari ochib berilgan. 
ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar va bolalarni qo‘llab quvvatlash uchun rivojlangan mamlkatlarda aprobatsiyadan o‘tgan va keng qo‘llanib kelinayotgan benefesiariylar (mulkdorlar, mesenatlar,bankirlar, badavlat shaxslar)ni ijtimoiy himoya va taraqqiyot sub’ektlariga aylantirish amaliyotini mamlakatimizda joriy etish imkoniyatlarining milliy-mental` xususiyatlari ochib berilgan.
“ijtimoiy himoya”  diskursiga oilalar va bolalar manfaatlarini ta’minlaydigan prinsiplar (universallik, hamjihatlik, tenglik, cheklamaslik, adolat) asosida yondashilib, ularning xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy xavflarni bartaraf qilish orqali mehr-oqibatlilik negizida integratsiyalashgan  yangi jamiyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar yig‘indisi ekanligi ilmiy asoslangan;
kundalik xayotda uchraydigan odatiy holatlar, xayotdagi favqulodda, nostandart yoki kutilmagan vaziyatlarda ijtimoiy yordam tizimini tashkil etishning yangi shakllari (qo‘llab-quvvatlash xizmati, axborot konsul`tativ xizmatlarni rivojlantirish, inqirozli vaziyatda psixologik yordam ko‘rsatish, oilada hayot kechirish ko‘nikmalariga o‘rgatish) ishlab chiqilgan;
bolalarni ijtimoiy himoyalashda boshqaruvning vertikallik tamoyili qo‘llanilib, davlat, hududiy va mahalliy darajalardagi boshqaruv organlarining vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish orqali turli nodavlat va xalqaro tashkilotlar (mahalla, YuNISEF, RBIMM, mahalliy va hududiy hokimiyat organlari va b.) faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy sheriklik modeli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish bshhyicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
oila va bolalarni ijtimoiy zararli tashqi (madaniy, siyosiy) ta’sir omillaridan profilaktika qilish va yangi O‘zbekiston muhitida insoniylashgan ijtimoiy himoya tizimi  (inklyuziv yondoshuv, har bir shaxsga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, go‘daklar va bolalar o‘limini pasaytirish bo‘yicha preventiv ishni yo‘lga qo‘yish, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha investisiya samaradorligini oshirish)ni joriy etishga doir takliflaridan “Etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2019 y. №PQ-4185 sonli Qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining 2019 yil 27 fevraldagi 201-son malumotnomasi). Bu O‘zbekistonda etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalashga doir huquqiy-me’yoriy bazani boyitishga xizmat qilgan;
ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar va bolalarni qo‘llab quvvatlash uchun rivojlangan mamlkatlarda aprobatsiyadan o‘tgan va keng qo‘llanib kelinayotgan benefesiariylar (mulkdorlar, mesenatlar,bankirlar, badavlat shaxslar)ni ijtimoiy himoya va taraqqiyot sub’ektlariga aylantirish amaliyotini mamlakatimizda joriy etish imkoniyatlarining milliy-mental` xususiyatlariga doir xulosalaridan «Ijtimoiy ish etikasi» va «Eticheskie prinsipi i sennosti sotsial`noy raboti» darsliklarini hamda «Sotsial`noe obespechenie i zashhita detey i molodeji» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 89-03-2674-son xulosasi). Bu O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.
“ijtimoiy himoya”  diskursiga oilalar va bolalar manfaatlarini ta’minlaydigan prinsiplar (universallik, hamjihatlik, tenglik, cheklamaslik, adolat) asosida yondashilib, ularning xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy xavflarni bartaraf qilish orqali mehr-oqibatlilik negizida integratsiyalashgan  yangi jamiyatni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2015 yilda chop etilgan “O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimiga oid terminologik ma’lumotnoma-lug‘at” hamda 2016 yilda chop etilgan «Sotsial`naya rabota s sem`yami, imeyushhimi detey s osobimi potrebnostyami” uslubiy qo‘llanmasini nashr qilishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 4 fevraldagi 06/49-son ma’lumotnomasi). Bu esa, markaz va uning filiallarida mehnat qilayotgan ijtimoiy ish xodimlariga oila va bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“ijtimoiy himoya”  diskursiga oilalar va bolalar manfaatlarini ta’minlaydigan prinsiplar (universallik, hamjihatlik, tenglik, cheklamaslik, adolat) asosida yondashilib, ularning xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy xavflarni bartaraf qilish orqali mehr-oqibatlilik negizida integratsiyalashgan  yangi jamiyatni shakllantirish borasidagi amaliy tavsiyalar va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasining” 28 qismini amalga oshirishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining 2019 yil 27 fevraldagi 201-son malumotnomasi). Natijada 2019 yildan boshlab mahalla, NTT, hokimiyatlar va boshqa ijtimoiy himoya bilan shug‘ullanayotgan institutlarning mutaxassislarida ijtimoiy himoya faoliyati samaradorligini oshirish imkonini bergan. 
bolalarni ijtimoiy himoyalashda boshqaruvning vertikallik tamoyili qo‘llanilib, davlat, hududiy va mahalliy darajalardagi boshqaruv organlarining vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish orqali turli nodavlat va xalqaro tashkilotlar (mahalla, YuNISEF, RBIMM, mahalliy va hududiy hokimiyat organlari va b.) faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy sheriklik modelidan Respublika Bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazining “Sozdanie edinoy sistemi po okazaniyu kompleksnix sotsial`nix uslug detyam s osobimi potrebnostyami v regional`nix filialax Respublikanskogo sentra sotsial`noy adaptatsii detey” mavzusidagi KKRNT A-1-025-raqamli ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 4 fevraldagi  06/49-son ma’lumotnomasi). Bu Farg‘ona va Samarqand shaharlaridagi filiallari xodimlarida bolalarga nisbatan amalga oshirilgan zo‘ravonlik munosabati, xavfli guruhdagi bolalarni aniqlash va ularga ijtimoiy ish usullarini qo‘llashga doir kasbiy tayyorgarligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish