Alliyarov Ashraf Dauletiyarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped363.
Ilmiy rahbar: Xalikov Azam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy-konservativ paradigma orqali haqqoniylik, intensivlik, kirituvchanlik va afzallik mezonlari asosida qadriyatlar tipologiyasi (terminologik va moddiy) aniqlangan;
qadriyatlar ontologiyasi (yaxshi, yoqimli, hayotiy, axloqiy, estetik, kognitiv qadriyatlar sinfi) bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning tizimli-amaliy modeli takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv bo‘yicha analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlari asosida talabalarning kasbiy kompetensiyasi takomillashtirilgan;
absolyut, predmet, haqiqiy, pozitiv, shartli, tan olingan, bardoshli, sub’ektiv, real, dunyoviy, individual, guruhli, etnomilliy, universal qadriyatlar asosida talabalarda ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish tizimi loyihalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
an’anaviy-konservativ paradigma orqali haqqoniylik, intensivlik, kirituvchanlik va afzallik mezonlari asosida aniqlangan qadriyatlar tipologiyasiga oid takliflardan “Pedagogika” ta’lim sohasi 5111600 – milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti, malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 89-03-4483-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar mazmuni boyitishga erishilgan;
qadriyatlar ontologiyasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning tizimli-amaliy modeliga oid taklfilari oliy ta’lim muassasalarida beshta tashabbus asosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 89-03-4483-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda talabalarda ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish tizimi loyihalashtirishga oid takliflar 2015-2017 yillarda bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 89-03-4483-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning milliy va umuminsoniy tayanch kompetensiyalari tizimi takomillashtirilgan.