Nurumbekova Yarkinay Anarmatovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy tayyorlash tizimini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped559.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, prfessor; Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tayyorlash tizimini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlari, umuminsoniy qadriyatlar introrizatsiyasining kognitiv va hissiy ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligi bilan transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatiga xos xususiyat va fazilatlari dinamikasi, insonparvarlik, bilimdonlik, vatanparvarlik, bag‘rikenglik,  bolajonlik komponentlarini, faktorli tahlil hamda statistik axamiyatini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
“Ustoz-shogird” maktabi faoliyatida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini kasbiy faoliyat professogrammasini shaxsiy-kasbiy sifatlarga o‘zaro optimallashtirish asosida kengaytirilgan;
bo‘lajak  o‘qituvchilarni ma’naviy –axloqiy tayyorgarligi tizimi modeli shaxsiy va kasbiy sifatlarni o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga ma’naviy-axloqiy tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy sifatlarini umuminsoniy qadrityalar asosida taklmillashtirishga oidk takliflar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 18-03-70-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlari va darsliklarni yaratishda foydalanilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatiga xos xususiyat va fazilatlari dinamikasini takomillashtirishga oid taklfilar “O‘zstandart” agentligining  2014  yil  18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti, malaka talablari mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 18-03-70-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kompetensiyalar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
“Ustoz-shogird” maktabi faoliyatida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini kengaytirish va bo‘lajak  o‘qituvchilarni ma’naviy –axloqiy tayyorgarligi tizimi  modeliga oid takliflar 2012-2014 yillarda bajarilgan ITD-4-122-raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha ish rejasi asosida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning diagnostik texnologiyalarini ishlab chiqish mavzusidagi fundamental loyiha doirasida talabalarning ma’naviy-axloqiy tayyorgarligini baholash mezonlarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 yanvardagi 18-03-70-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar oliy ta’lim muasssasalarida “Ustoz-shogird” tizimi asosida  tashkil etiladigan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish