Qodirov Maxmudjon Muxammadjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped62.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Jo‘raev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining (motivatsion, konstruktiv, tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mehnatsevarlik, intizomlilik, ishlab chiqarish-texnologik kabi) kasbiy sifatlari operatsional texnologik funksiyalarning xususiyatlarini pedagogik refleksiya tamoyillariga o‘zaro o‘quv va amaliy vaziyatlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kompetensiyaga yo‘naltirilgan faoliyat tuzilmasi gnostik, individual-psixologik xislatlar va umumkasbiy muhim sifatlarni modellashtirish orqali interfaollashtirish bosqichlari mazmunini texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
interfaol metodlar (Case-study, rolli o‘yinlar, SMART texnology), refleksiv yondashuvlarni loyihalashtirish asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish modeli texnologik ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini kreativ fikrlash asosida rivojlantirish hamda kasbiy sifatlarning shakllanganlik darajasi mezonlari differensial-integral metodlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi operatsional texnologik va kasbiy funksiyalariga oid takliflar 2014 yil 12 avgustda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlarining №1-2570-sonli Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4444-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar mazmuni takomillashtirilgan;
kasbiy kompetensiyaga yo‘naltirilgan faoliyat tuzilmasini interfaollashtirish bosqichlari hamda interfaol metodlar asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirishga oid takliflar asosida Kasb ta’limi (mehnat ta’limi) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 26 fevraldagi 51-sonli buyrug‘i, 272 raqamli guvohnomasi). Natijada texnologik ta’lim o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash va ularda kasbiy sifatlarni shakllantirish samarasi ortgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik tuzilmasini integral metodlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar 2012-2014 yillarda bajarilgan “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4444-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini shakllantirish modelini yaratishga xizmat etgan.