Akramova Hafiza Samadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aqli zaif 4-5 sinf o‘quvchilarida mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishda kompyuter dasturidan foydalanish texnologiyasi”, 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped1131.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Dildora Asadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot kommunikatsion texnologiya vositalari asosida 4-5 sinf aqli zaif o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarda mehnat ta’limi jarayonini o‘qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari ilmiy asoslandi;
axborot kommunikatsion texnologiya vositalari asosida 4-5 sinf aqli zaif o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga doir model ishlab chiqildi;
mehnat ta’lim samaradorligini oshirishda aqli zaif o‘quvchilarning imkoniyatlariga asoslangan hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari differensial yondashuvlar asosida dasturiy va metodik ta’minoti yaratildi;
aqli zaif o‘quvchilar mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha takomillashtirilgan va ishlab chiqilgan pedagogik hamda kompyuter texnologiyalarining samaradorligi tajriba – sinov ishlari orqali baxolash mezonlari aniqlandi;
ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarda 4-5 sinf texnologiya darslarida o‘qituvchi defektologlar axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishlari bo‘yicha tavsiyalari ishlab chiqildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aqli zaif o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
axborot kommunikatsion texnologiya vositalari asosida 4-5 sinf aqli zaif o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar “Maxsus pedagogika” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4171-son ma’lumotnomasi). Natijada modullarni o‘qitish samaradorligi oshishiga erishilgan, provardida aqli zaif o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik aspektlari axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida boyitilgan;
mehnat ta’lim samaradorligini oshirishda aqli zaif o‘quvchilarning imkoniyatlariga ustvorlik berishga asoslangan dasturiy va metodik ta’minotga oid tavsiyalar ITD-1-61- raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4171-son ma’lumotnomasi) Natijada aqli zaif o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini o‘qituvchi va oila a’zolari yordamida hamda mustaqil shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
aqli zaif o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarda 4-5 sinf texnologiya darslarida o‘qituvchi defektologlar axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishlari bo‘yicha takliflar ITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4171-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining takomillashtirilgan ta’lim texnologiyalarini foydalanish imkoniyatlarini yanada kuchaytirishga erishilgan.