Djumaeva Sanobar Absaatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogik korreksiya vositasida oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped268.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar:Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari  doktori , professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  pedagogik korreksiya vositasida oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik nizolarni tashxis etish sinergetizm, tizimlilik va yaxlitlik, ob’ektivlik, ko‘p tomonlamalilik, sifat tahlili, appersepsiya, rivojlanish, shaxsni o‘rganish va tarbiyaning birligi tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
pedagog konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning kognitiv, perseptiv, aksiologik, fikriy-faoliyatli va kommunikativ-ijodiy komponentlari umummadaniy va kommunikativ kompetensiyani maqbul uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirishning gnoseologik, praksiologik,  aksiologik va refleksiv  bosqichlari bo‘lajak mutaxassisni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish mexanizmlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik nizolarning korreksion texnologiyalari nizolarning morfologik tahlili, erkin assosatsiyalar metodi, keys-stadi, refleksiv-baholovchi, axboriy-tahliliy vaziyatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogik korreksiya vositasida oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi bo‘yicha oilngan ilmiy  natijalari asosida:
oliy ta’limda yuzaga keladigan pedagogik nizolarni tashxis etish sinergetizm, tizimlilik va yaxlitlik, ob’ektivlik, ko‘p tomonlamalilik, sifat tahlili, appersepsiya, rivojlanish, shaxsni o‘rganish va tarbiyaning birligi tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan 5A110903 – Ta’lim muassasalarini boshqarish magistratura mutaxassisligi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 apreldagi  89-03-1234-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak menejerlarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Pedagog konfliktologik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha aniqlashtirilgan kognitiv, perseptiv, aksiologik, fikriy-faoliyatli va kommunikativ-ijodiy komponentlariga doir takliflar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi  394-sonli buyrug‘i asosida berilgan 394-097 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirishga doir interfaol ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llashga xizmat qilgan; 
oliy ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik nizolarning korreksion texnologiyalari nizolarning morfologik tahlili, erkin assosatsiyalar metodi, keys-stadi, refleksiv-baholovchi, axboriy-tahliliy vaziyatlarni ishlab chiqishga doir takliflar 2015-2017 yillarda bajarilgan “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydaanilgan. (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 apreldagi  89-03-1234-sonli ma’lumotnomasi). Natijada auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida talabalarda tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish