Mirzaev Alisher Umirzokovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan bemorlarning mikrovaskulyar dekompressiyasidan keyingi hayot sifatini tekshirish», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib245.
Ilmiy maslaxatchi: Axmediev Maxmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc 04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gul`naraxon Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mahkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trigeminal nevralgiyali bemorlarni hayot sifatini, neyroxirurgik davolash dinamikasini o‘rganish va natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neyroxirurgik davolashda trigeminal ildizni mikrovaskulyar dekompressiyalashning ishlab chiqilgan modifikatsiya ochish usuli kranial nervlar vizualizatsiyasini kengaytirishi, serebellar traksiyasi, miyacha yarim sharlari ezilishi va miya suyuqligining oqmalarini (likvoreya) oldini olishi xamda akuziya, gipokuziya, yuz parezlari kabi asoratlarni kamaytirishi isbotlangan;
trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda og‘riqni baholash uchun ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan so‘rovnoma xamda kompyuter dasturi bemorda og‘riqning tabiati, lokalizatsiyasi, qo‘zg‘atuvchi omillari, operatsiyadan oldingi va keyingi davrlardagi intensivligi xamda bemordagi og‘riq sindromi og‘irligi darajasi kabi sub’ektiv ma’lumotlarni ob’ektiv ravishda baholashi isbotlangan;
trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatini baholash uchun ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan so‘rovnoma xamda kompyuter dasturi operatsiyadan oldin va keyingi hayot sifati va sog‘lig‘i holatini baholashi, kasallikka tashqi omillarning ta’sirini va kundalik hayotga, kayfiyatiga, hissiy holatning ish va ijtimoiy munosabatga ta’siri aniqlangan;
trigeminal nevralgiyani tashxislash va neyroxirurgik davolash uchun ishlab chiqilgan algoritm yordamida nevralgiyaning og‘irlik darajasi, somatik patologiya va neyrodiagnostika ma’lumotlari, jarrohlik davolashdagi turli xil yondashishni hisobga olgan holda trigeminal ildizning mikrovaskulyar dekompressiyasi uchun ko‘rsatmalar xamda qarama-qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan;
so‘rovnomalar yordamida trigeminal nerv ildizini mikrovaskulyar dekompressiyasi qilishdan oldin va keyingi davrda bemorlarning hayot sifatini qiyosiy baholash uchun ishlab chiqilgan so‘rovnomalar an’anaviy so‘rovnomalardan sezgirligi va ishonchliligi jixatidan afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan bemorlarning mikrovaskulyar dekomressiyasidan keyingi hayot sifatini tekshirish buyicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Trigeminal nevralgiyada og‘riqini baholash uchun so‘rovnoma» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8N-r/220-sonli ma’lumotnomasi). Trigeminal nevralgiya bilan bemorlarda og‘riqning intensivligini miqdoriy ravishda o‘lchash, og‘riq sindromining og‘irligini etarli darajada baholash, davolash samaradorligini tahlil qilish imkonini bergan;
«Trigeminal nevralgiyada hayot sifatini baholash uchun so‘rovnoma» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8N-r/221-sonli ma’lumotnomasi). Hayot sifati va bemorning psixosomatik holatini baholash, hayot sifatini yaxshilaga oid ko‘rsatmalar berish imkonini bergan;
«Trigeminal nevralgiya uchun mikrovaskulyar dekompressiya modifikatsiya ochish usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8N-r/222-sonli ma’lumotnomasi). Taklif qilingan modifikatsiya ochish usulidan foydalanish miyachani ortiqcha traksiyasini, miya suyuqligining oqmasi paydo bo‘lishini va mushak, yog‘ to‘qimalari va fassiya parchalari ko‘rinishidagi prokladkalardan foydalanish boshqa asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
Olingan natijalar Buxoro va Navoiy viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiy sanitariya bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26-noyabrdagi 8n-d / 286-sonli xulosasi va 05.06.2020 yildagi 8n-z/38-sonli xulosalari) tadbiq qilingan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy etilishi davolanishning etarli hajmini tanlashga, optimallashtirishga, tekshiruv va terapiya vaqtini qisqartirishga, residivlar sonini kamaytirishga imkon bergan.