Abdullaeva Moxima Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endovaskulyar texnologiyalar yordamida homiladorlardagi mitral teshik stenozini davolash taktikasining xususiyatlari», 14.00.34 – Yurak - qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib522. 
Ilmiy rahbar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori; Yarbekov Rustam Raimkulovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intervension texnologiyalardan foydalangan holda mitral stenoz bilan homiladorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomiladorlarda mitral stenoz kechishining og‘irligiga va gemodinamik buzilishlariga qarab yurak faoliyatining anatom-funksional ko‘rsatkichlarini patognomonik xususiyatlari aniqlangan;
mitral stenozda ballonli val`vuloplastikadan oldin va keyin chap bo‘lmachadagi yuqori bosim ko‘rsatkichlari bilan fertil yoshdagi ayollarga nisbatan nuqson kechishining og‘irligi dastlab past darajada bo‘lishi bilan xarakterlanadigan klinik funksional buzilishlar rivojlanishiga homiladorlikning ta’siri asoslangan;
homiladorlarda mitral stenoz kechishining og‘irligiga qarab bachadon-platsenta qon aylanishi gemodinamik xususiyatlari a.umblicalis, a.uterina dextra va a.uterina sinistra da rezistentlik indeksini xarakterli o‘zgarishlariga ko‘ra tomir qarshiligi darajalarini tekshirish bilan aniqlangan;
mitral stenoz bilan homiladorlarda ballonli val`vuloplastikaning samaradorligi nuqsonning patologik ko‘rinishlari regressiya darajalarini tekshirish bilan homila holati dinamikasini baholash va homiladorlikni optimal muddatlarda tug‘ruqqacha saqlab qolish imkoniyatlariga qarab aniqlangan;
ballonli val`vuloplastikani mitral stenozi bor II-III trimestrdagi homiladorlarda maxsus va akusherlik asoratlar xavfini ancha kamaytirganligi va gemodinamikaga ko‘ra yopiq mitral komissurotomiyadan farq qilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mitral teshik stenozi bilan homiladorlarni davolashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
«Mitral stenoz bilan bemorlarni davolash taktikasini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/70-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash mitral stenoz bilan homiladorlarni davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Mitral stenoz bilan homiladorlarda tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur» elektron hisoblash mashinasi uchun dasturi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/70-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan dastur mitral teshik stenozi bilan homiladorlarda tashxislash bosqichlarini optimallashtirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan, «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiyot markazi» Davlat muassasasi rentgenoendovaskulyar xirurgiya va yurak ritmi buzilishi bo‘limi, Namangan viloyat kardiologiya markazi yurak-qon tomir xirurgiyasi bo‘limi va U.Xalmuratov nomidagi Qoraqolpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/70-sonli ma’lumotnomasi) tadbiq etilgan. Taklif etilgan tavsiyalar akusherlik asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirish, yaxshi va qoniqarli natijalarni 92,3% dan 100% gacha oshirish va natijada  qoniqarsiz natijalar (7,7% dan) va o‘lim ko‘rsatkichini (3,8% dan) bartaraf qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish