Sadinova Nafisa Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili ish yuritish terminologiyasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil496.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Madvaliev Abduvahob, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek tili ish yuritish terminologiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi, shakllanish manbalarini, hujjatlar tili va uslubini o‘rganish orqali soha terminlarini tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ish yuritish hujjatlari tili va leksikasining shakllanish tarixi o‘rganilib, manbalar asosida yoritib berilgan;
soha terminologiyasi shakllanishi va boyishining ichki va tashqi manbalari ishonchli faktlar asosida belgilangan;
ish yuritish terminlarining hosil bo‘lish usullari aniqlanib, terminlarning struktur tahlili amalga oshirilgan;
ish yuritish hujjatlarining matniy, uslubiy-sintaktik xususiyatlari o‘rganilgan va keng qo‘llanuvchi sintaktik konstruksiyalar aniqlangan;
“Davlat tili haqida”gi qonunning ish yuritish terminologiyasini qayta shakllantirishdagi ahamiyati dalillar asosida ko‘rsatilgan;
ish yuritish terminologiyasida nuqson sanalgan sinonimiya, dubletlik, variantlilik hodisalari o‘rganilgan va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek tili ish yuritish terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishini, hozirgi holatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
dissertatsiyada tahlil qilingan va bevosita ish yuritish leksikasiga aloqador amlokdor, daftardor, devonbegi, mahram, munshiy, parvonachi, qutidor kabi amal, mansab nomlarini bildiruvchi tarixiy terminlar; avizo, bayonnoma, bildirishnoma, buyruq, vasiyatnoma, dalolatnoma, yo‘riqnoma, ko‘chirma kabi hujjat nomlari; anonim, attestatsiya, vakansiya, dublikat, yo‘qlama, kunbay, munshaot, ogohlantirish, ta’til, ustama kabi terminlar; akkord ish haqi, da’vo arizasi, ijara shartnomasi, me’yoriy hujjat ko‘rinishidagi birikma terminlar izohlaridan FA-F8-034 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” mavzuidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi tegishli lug‘at maqolalarini yozishda, mazkur lug‘aviy birliklarni izohlashda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 3/1255–2490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi ayni terminlar va tushunchalarning izohlari to‘ldirildi va takomillashdi, lug‘atning mazmuni va sifati yanada mukammallashdi;
shuningdek, dissertatsiyadagi adres – manzil, turarjoy, akt – dalolatnoma, ustav – nizom, shartnoma, bitim; mehnat bitimi, xizmat ma’lumotnomasi, shaxsiy ma’lumotnoma singari 40 dan ortiq ish yuritish terminlarining tahlillaridan FA-F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” nomli fundamental loyihaning birinchi yo‘nalishini yozishda; dissertatsiyada o‘rganilgan va ish yuritishga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan avans – bo‘nak, adresant, adresat, blank, viza, guvohnoma, yozishma, jarima, iltimosnoma, imzo, kvorum, kengash, nazoratchi, nota, notarius, pensioner, rag‘batlantirish, rekvizitlar, ruxsatnoma, qaror; verbal nota, yopiq majlis, ijara shartnomasi, ishonch yorlig‘i, mansabdor shaxs, ma’muriy javobgarlik, yuridik shaxs kabi yuzdan ortiq terminologik birliklarning tahlil va izohlaridan loyihaning uchinchi yo‘nalishi – “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”ni tuzishda foydalanilgan. (O‘zR Fanlar akademiyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 3/1255 – 2490-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan, terminlar tahlili va izohidan foydalanish loyiha bo‘yicha bajarilgan tadqiqot va tuzilgan lug‘atning mukammal va sifatli bo‘lishini ta’minladi;
dissertatsiya natijalari va xulosalaridan, xususan, -noma affiksoidi yordamida hosil qilingan o‘nlab hujjat nomlari izohlaridan XT-F 2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzuidagi yosh olimlar fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-331-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan, hujjat nomlari tahlili va izohidan foydalanish o‘quvchilarning kompyuter texnikasi vositasida mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirish uchun tuziladigan savol-topshiriqlarning mukammal va sifatli bo‘lishini ta’minladi;
dissertatsiyadagi tahlillar va xulosalar asosida o‘zbek tilida ish yuritishga aloqador bo‘lgan 1400 dan ortiq terminologik birlikni qamrab olgan “Ish yuritish terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” (Toshkent, 2019. – 160 bet) yaratildi (Lug‘at Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 2019 yil 28 fevraldagi 7-sonli yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan). Ushbu lug‘at ish yuritish sohasida faoliyat yurituvchi mutataxassislarga muhim manba bo‘lish bilan birga soha terminologiyasini tartibga solishga ham katta yordam beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish