Sayt test rejimida ishlamoqda

Merganov Avaz Mirsultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida idish-qadoqli yuklarni tashishni tashkillashtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1472.
Ilmiy rahbar: Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Juraboev Kamoljon Abdumuminovich, texnika fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi:  kross-doking usuluni qo‘llash asosida temir yo‘l transportida idish-qadoqli yuklarni tashishni tashkillashtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
omborxona majmualarida idish-qadoqli yuklarning qayta ortilish jarayonlarini tezlashtirish uchun temir yo‘l va avtomobil` transporti o‘zaro birga ishlashining tashishlarni tashkillashtirishga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan kross-doking texnologiyasi asoslab berilgan;
tashishlar texnologiyasi darajasini oshirish uchun yuk, idish va transport vositasi parametrlarining eng oqilona qiymatlarini tanlash asosida idish-qadoqli yuklarni transport vositalariga ratsional joylashtirish uslubiyoti ishlab chiqilgan;
etkazib berish logistika zanjirlarini optimallashtirish uchun kross-doking texnologiyasini qo‘llash asosida temir yo‘l omborlari oqilona rejalashtirilishi va faoliyatining matematik modeli ishlab chiqilgan; 
yuk birliklariga yo‘l davomida turli xil omillar ta’sirini asoslash uchun ularni etkazib berish shart-sharoitlariga doir eksperimentlar o‘tkazish asosida alohida harorat rejimini talab qiladigan idish-qadoqli yuklarni tashish parametrlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Idish-qadoqli yuklarni temir yo‘l transportida tashishni tashkillashtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
idish-qadoqli paketlarni usti yopiq va refrijerator vagonlar, konteynerlar va avtotransport vositalariga eng ratsional tarzda joylashtirish usullari “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi”da transport vositalari yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanishni yahshilash va tashish texnologiyasi darajasini oshirish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 iyundagi 01/2080-20-son ma’lumotnomasi). Natijada transport vositasidagi yuklarning transport partiyalari og‘irligini 7-12%ga oshirish va temir yo‘l transporti jozibadorligini yaxshilash imkoni yaratilgan; 
idish qadoqli yuklar oqimining berilgan parametrlar asosida temir yo‘l omborlarini joylashtirish va rejalashtirish modellari “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasi”da etkazib berishning logistik zanjirlarini optimallashtirish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 iyundagi 01/2080-20-son ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l transportida transport xizmatlari majmuasi mavjudligini kengaytirish, mexanizatsiyalash darajasi va ish unumdorligin oshirish imkoni yaratilgan;
kross-doking texnologiyasini qo‘llash yo‘li bilan temir yo‘l omborining ishini yuritish modeli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasi”da ombor maydoni va transport vositalaridan optimal foydalanish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 iyundagi 01/2080-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi transport vositalarining ortish-tushirish operatsiyalarida turib qolish vaqtini qisqartirish va idish-qadoqli yuklarning omborxona 1 m2 maydoniga tushadigan yuklamasini ko‘paytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish