Quziev Ulug‘bek Tadjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bog‘ daraxtlari ildiz tizimiga suyultirilgan o‘g‘itlarni quyadigan ishchi qism parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T943.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bog‘ daraxtlarning ildiz tizimiga o‘g‘it sharbatini belgilangan chuqurlikda va miqdorda quyishni ta’minlaydigan ishchi qismning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mevali daraxtlar ildiz tizimiga o‘g‘it sharbatini lokal quyadigan ko‘p funksiyali ishchi qismning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
agregat tezligiga mos o‘g‘it sharbatini to‘kilishini ta’minlaydigan kinematik rejim ko‘rsatkichi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
ishchi qismning har bir daraxt ildiz tizimiga beriladigan o‘g‘it sharbati joylashadigan hajmni hosil qiladigan parametrlari analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
ishchi qismning perimetri bo‘yicha palaxsani qirqishda kam energiya sarfini ta’minlaydigan parametrlari analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mevali daraxtlar ildiz tizimiga o‘g‘it sharbatini lokal quyadigan ko‘p funksiyali ishchi qismni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mevali daraxtlar ildiz tizimiga o‘g‘it sharbatini lokal quyadigan ko‘p funksiyali ishchi qism konstruksiyasi Qibray tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 02/023-117-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydonga sarflanadigan yonilg‘i moylash materiallarini 36,4 foiz, mehnat sarfini 36,0 foiz kamayishiga erishilgan;
bog‘ daraxtlarini oziqlantirish uchun bir yo‘la egat ochadigan, go‘ng sharbatini quyadigan va ko‘madigan cho‘michsimon ishchi qism konstruksiyasi O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 02/023-117-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydonga ekspluatatsion xarajatlar 41,8 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
bog‘ daraxtlari ildiz tizimiga tayinlangan miqdorda, belgilangan masofa va chuqurlikda go‘ng sharbatini quyadigan ishchi qism ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 02/023-117-son ma’lumotnomasi). Natijada mevali daraxtlar ildiz tizimiga o‘g‘it sharbatini quyadigan mashinaning ishchi qism konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish