Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproq sharoitida g‘o‘za majmuidagi ekinlarning almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Qx.59.
Ilmiy rahbar: Urazmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproq sharoitida tuproq unumdorligini saqlovchi, oshiruvchi hamda g‘o‘za kompleksidagi ekinlar hosildorligini oshirishni ta’minlovchi almashlab ekishning qisqa navbatlab ekish tizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida “g‘o‘za:beda” almashlab ekishning qisqa navbatlab ekish 1:2 bo‘lagida kuzgi oraliq ekinlardan xantal, arpa, raps, tritikale, vika, no‘xat va moyli turpni 2-4 komponentli yashil ozuqa ekini sifatida kiritish va tuproq unumdorligini yanada oshirish uchun ulardan keyin soya ekinini ekish zarurligi aniqlangan; 
qisqa navbatlab ekishning 1:2 tizimida (kuzgi bug‘doy+g‘o‘za+g‘o‘za), 1:2 tizimida (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-soya:g‘o‘za:g‘o‘za) va 2:1 tizimda (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-soya), kuzgi bug‘doy+takroriy ekin soya+oraliq ekinlar suli+ko‘k no‘xat+javdar:g‘o‘za ekinlarining tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
qisqa navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy dukkakli don ekinlarini (soya, mosh, loviya, no‘xat, er yong‘oq va ko‘k no‘xat) ekishning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida g‘o‘za 2:1 kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya): kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat+javdar): g‘o‘za navbatlab ekish tizimida ketma-ket 2 yil ekilgan kuzgi bug‘doy, takroriy va oraliq ekinlardan keyin etishtirilganda hosildorlikning hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qisqa navbatli almashlab ekish tizimini takomillashtirish hisobiga g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligi oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“G‘o‘za, takroriy va oraliq ekinlarni navbatlab ekish tizimlarida etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4508-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Respbulikaning Farg‘ona vodiysi mintaqalari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida yuqori va sifatli paxta hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishning agrotexnologiyasi Oltinko‘l tumanida 84,2 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumanida 37,4 gektar, Andijon tumani bo‘yicha 51,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sinov tajribalari to‘rt komponentli ozuqabop ekinlarni aralashmalari, (kuzgi tritikale+raps+ko‘kno‘xat+yog‘li turp) ekilib, ulardan keyin soya don uchun ekilganda qo‘shimcha 5-6 s/ga don hosili olingan bo‘lib, sof daromad 833,8 so‘m/ga ni. rentabellik darajasi 28%-48,6% ni tashkil etgan; 
g‘o‘za majmuidagi ekinlarni almashlab ekishda asosiy, takroriy va oraliq ekinlar etishtirish texnologiyasi Oltinko‘l tumanida jami 84,7 gektarga, Qo‘rg‘ontepa tumanida jami 60,4 gektarga, Andijon tumanida jami 42,8 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4508-son ma’lumotnomasi). Ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida g‘o‘za 2:1 kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya): kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat+javdar): g‘o‘za navbatlab ekish tizimida ketma-ket 2 yil ekilgan kuzgi bug‘doy, takroriy va oraliq ekinlardan keyin parvarish qilinganda qo‘shimcha 3,5-4 s/ga hosil olingan, sof daromad 410900 so‘mni va rentabellik darajasi 18%-28,4% ni tashkil etgan;
takroriy ekin turlarini tuproq unumdorligi va paxta hosildorligiga ta’siri Andijon tumanida jami 325,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4508-son ma’lumotnomasi). Takroriy ekin sifatida soya va mosh ekilishi natijasida bir gektardan 865800 so‘mdan 1040800 so‘mgacha (2018 yil narxida) shartli sof daromad olinishiga, rentabellik darajasi 43,3-48,2% ga ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish