Abduvaxitov Shaxboz Rovshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Transport logistik tizimida konteyner terminallari va terminal texnologiyalarini takomillashtirish”, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1701.
Ilmiy rahbar: Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirxamidov Shuxrat Shavkatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: transport logistik tizimida konteyner terminallari va terminal texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mark tasodifiy jarayonlarining matematik apparati asosida terminal ichidagi transportning zaruriy sonini aniqlash uchun transport turlari o‘zaro hamkorligining yangi modellari ishlab chiqilgan;
ortish-tushirish mashinalari turini ratsional tanlab olish asosida transport oqimini optimal rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish uchun konteyner terminali parametrlarining o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi matematik modellar takomillashtirilgan;
kelajakda transport oqimlarini ratsional rejalashtirish uchun konteyner terminalining parametrik qatorlarini tuzish usuli ortish-tushirish mashinalari turi asosida aniqlagan;
transport oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan usullar asosida konteyner terminallarining qayta ishlash qobiliyati va terminal texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport logistik tizimida konteyner terminallari va terminal texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ortish-tushirish mashinalari turini ratsional tanlab olish asosida transport oqimini optimal rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish uchun konteyner terminali parametrlarining o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi matematik modellar va algoritmlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasi”ga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 iyundagi 01/2079-20-son ma’lumotnomasi). Natijada turli sharoitlardagi maydonlarda joylashgan konteynerlarning sonini 20%gacha oshirish, konteynerlarni terminallarda qayta ishlashda logistik xarajatlarni kamaytirish, qo‘shimcha konteyner oqimini jalb qilish hisobiga daromadni oshirish va tranzit tashishlarni ko‘paytirish imkoni yaratilgan;
Mark tasodifiy jarayonlarining matematik apparati asosida terminal ichidagi transportning zaruriy sonini aniqlash uchun transport turlari o‘zaro hamkorligining yangi modellari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ konteyner terminaliga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning (2020 yil 8 iyundagi 01/2079-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida yuk qabul qiluvchilar va jo‘natuvchilarga ko‘rsatiladigan transport xizmatlarining sifatini sezilarli darajada yaxshilash, ortish-tushirish mashinalarini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va logistik xarajatlarni kamaytirish imkoni yaratilgan;
transport oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan usullar asosida konteyner terminallarining qayta ishlash qobiliyati va takomillashtirilgan terminal texnologiyalari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ konteyner terminaliga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 iyundagi 01/2079-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida konteyner terminalining qayta ishlash qobiliyatini oshirish, konteyner terminalidagi bir konteyner-operatsiyasining tannarxini kamaytirish, ortish-tushirish mashinalarining bo‘sh turish vaqtini minimallashtirish, qo‘shimcha konteyner oqimini jalb qilish imkonini bergan.