Saidivaliev Shuxrat Umarxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligi tormoz pozisiyalarining uchastkalarini hisoblash uslubini takomillashtirish”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1212.
Ilmiy rahbar: Turanov Xabibulla Turanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Nurmuxammad Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligining to‘xtatish joylarida yakka vagonning tezligi, yurish yo‘li uzunligi va vaqtini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“vagon-yo‘l” tizimiga bo‘ylama shamol ta’sirida, to‘xtatish joyiga ega uchastkada yakka vagonning tormozlanish vaqtida va tormozlanishdan keyingi harakatida vagonning dumalash, “vagon-yo‘l” mexanik tizimining soddalashtirilgan hisobiy sxemalari ishlab chiqilgan;
tormoz pozisiyasi uchastkasida tormozlashdan avval va keyin, yakka vagonning harakatida “vagon-yo‘l” mexanik tizimidagi kuchlar bog‘liqlik ifodalari tuzilgan;
“siljituvchi” va “tutib turuvchi” kuchlarning qiymati bo‘yicha, to‘htatish joyiga ega uchastkalarda vagon sekinlanish va tezlanish bilan harakatlanganda, Dalamber tamoyiliga asosan vagonning chiziqli tezlanishini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
to‘xtatish joylariga ega uchastkalarida yakka vagonning tormozlashdan avval va keyingi harakatidagi vagonning tormozlash yo‘li va sirpanish tezligining grafik bog‘liqligi qurilgan;
aylanuvchi massalarning inersiyasini hisobga olgan holda, tormozlashdan keyingi to‘xtatish joyining qolgan uchastkasida vagonning dumalash tezligi va harakatlanish vaqtini aniqlash uslubi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligi tormoz pozisiyalarining uchastkalarini hisoblash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saralash tepaligining tushish qismini hisoblash va loyihalashga doir tuzilgan algoritmlar va dasturiy ta’minot hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tashkilotida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 2 martdagi 01/876-20-son ma’lumotnomasi). Natijada saralash stansiyalarida vagonlarni yuqori tezlikda harakatlanib “turgan vagon guruhiga” urilish tezligini 2,5 baravarga kamaytirishga erishilgan;
bo‘ylama yo‘nalishda kichik tezlikdagi shamol ta’sirida saralash tepaligining to‘xtatish joylarida yakka vagonning tezligi, yurish yo‘li uzunligi va vaqtini hisoblashning yangi usuli “Boshtransloyiha” AJga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 2 martdagi 01/876-20-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar vagon tezliklarini me’yorga mos bo‘lishi hamda vagonlarni bir biriga ulagichlarini ta’mirlash harajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan;
saralash tepaligining tushish qismini hisoblash va loyihalashga doir tuzilgan algoritmlar va dasturiy ta’minot hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tashkilotida joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 2 martdagi 01/876-20-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu dasturdan foydalangan holda, saralash tepaligining to‘xtatish joylarida vagonning tezligi, bosib o‘tgan yo‘l uzunligi va tormozlanish vaqtini hisoblashga erishilgan.