Kultasheva Nigoraxon Daniyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston muzeylarida milliy rangtasvir kolleksiyalarining shakllanishi», 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San56.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nigora Raximovna, san’atshunoslik  fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Alieva Zafara Jumabaevna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston milliy rangtasvir tarixidagi asosiy badiiy jarayonlarni aniqlashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr milliy rangtasvir tarixi manzarasi muzey fondlaridagi kolleksiyalar asosida tadqiq etilishi natijasida muayyan davrdagi badiiy jarayon va rassomlar ijodi to‘g‘risidagi qarashlarni yanada oydinlashtirishi dalillangan;
badiiy jarayonlar rivoji, janrlarning shakllanishi, uslubiy yo‘nalishlar va milliy rangasvir tarixidagi asosiy tamoyillar yetakchi san’at ustalari ijodi kesimida ochib berilgan;
I.V.Saviskiyning Nukus muzeyi kolleksiyasini shakllantirishda qo‘llagan komplektlashtirish usulining ma’rifiy, G‘arb va sharq san’atining integratsiyalashuvi va o‘zaro ta’siri kabi ahamiyati ochib berilgan;
rangtasvir asarlari inventarizatsiya va atribusiyasi muammolariga doir yangi pasport ma’lumotnomasi namunasini yaratish asosida muzey fondidagi ashyolarni hujjatlashtirish tizimini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston muzeylarida milliy rangtasvir kolleksiyalarining shakllanishiga oid tadqiqot ishidan olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston rangtasviri genezisini yoritishda muzey kolleksiyalarining badiiy salohiyatiga oid ilmiy natijalardan, shuningdek, XX asr O‘zbekiston rangtasvir tarixini muzey zaxiralari orqali tadqiq etish badiiy jarayonlar hamda rassomlar ijodini keng qamrovda o‘rganishning muqobil usuli ekanligi dalillangan milliy rangtasvir kolleksiyalarining shakllanishiga oid ma’lumot va xulosalardan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi “O‘zbekiston rangtasviri” bo‘limining hujjatlashtirish tizimi va ekspozisiya faoliyatida, ko‘rgazmalarning ilmiy konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 22 yanvaridagi 01-12-10-275 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzey ilmiy tadqiqot faoliyatidagi samaradorlikni oshirgan, kolleksiyalar bilan ishlash va ularni keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutgan, rangtasvir tarixiga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
XX asr milliy rangtasvir tarixi muzey fondlaridagi kolleksiyalarning tadqiq etilishi natijasida muayyan davrdagi badiiy jarayon va rassomlar ijodiga oydinlik kiritilgan asosiy xulosalar K.Behzod nomidagi MRDIning San’atshunoslik fakul`tetidagi “Umumsan’at tarixi” mutaxassislik fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘i). Natijada talabalarda Evropa impressionizmi bilan birga uning milliy rangtasvirdagi rivoji, asosiy xususiyatlari, o‘ziga xos xarakteri va namoyandalari haqida ma’lumot hosil bo‘lishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish