Alimkulova Dilzoda Rayimkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1920–1930 yillar rangtasviri O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanish jarayoni kesimida”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San84.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Abdullaeva Shaxlo Qurbanburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1920–1930 yillar rangtasvirini O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siri va “O‘zbek avangardi” fenomeni mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston rangtasvirida realizm, avangard va impressionizm kabi o‘ziga xos uslubiy tendensiyalarning xilma-xilligi aniqlangan;
O‘zbekiston tasviriy san’atida G‘arb modernizmi, rus avangardi, Sharq dekorativizmi yo‘nalish va oqimlari ta’siri ostida o‘ziga xos “O‘zbek avangardi” fenomeni vujudga kelganligi isbotlangan;
O‘zbekistonda avangard tendensiyalari hududiy jihatdan markazdan yiroq bo‘lganligi bois, “Sotsialistik realizm” yo‘nalishi 1932 yilda rasman qaror topganiga qaramay, deyarli 1935 yilgacha davom etganligi dalillangan;
zamonaviy milliy rangtasvirda ramziy-metaforik va yangilangan konseptual san’atga oid tendensiyalar “O‘zbek avangardi” an’analari tasviriy ifoda sifatida ta’sir etgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1920–1930 yillar rangtasviri O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanish jarayoni yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston tasviriy san’atida G‘arb modernizmi, rus avangardi, Sharq dekorativizmi yo‘nalish va oqimlari yetakchilik qilgan “O‘zbek avangardi” fenomeni vujudga kelganligini, O‘zbekistonda avangard tendensiyalari hududiy jihatdan markazdan yiroq bo‘lganligi bois, “Sotsialistik realizm” yo‘nalishi 1932 yilda rasman qaror topganiga qaramay, deyarli 1935 yilgacha davom etganligini isbotlovchi ilmiy xulosalardan O‘zR FA San’atshunoslik institutining FA-A1-GO21 113-2014-0912160526 raqamli “XIX–XXI asrlar boshlariga oid O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida an’analarning davomiyligi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1318-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar XX asr boshida o‘zbek rangtasvirida yuzaga kelgan yangi tendensiyalar, ularning o‘ziga xos va rivojlanish dinamikasi xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
“O‘zbek avangardi” an’analari tasviriy ifoda sifatida rangtasvir va grafika san’atiga 1980 yillarning so‘ngidan boshlab, bugungi kunga qadar estetik jihatdan ta’siri asosidagi badiiy muzeylar ekspozisiyasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 01-12-10-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, rangtasvir asarlarining tasnifi ilmiy jurnallarda chop etilgan va muzeyning “O‘zbekiston rangtasviri” bo‘limida mavjud ilmiy kartotekalardagi ma’lumotlarga qo‘shimchalar kiritilgan hamda Groningen shahri Davlat muzeyida tashkil etilgan “Rossiya va orientalizm” ko‘rgazmasida (Niderlandiya, 18.12.2010–08.06.2011), I.Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi hamda Samarqand Davlat birlashgan muzey-qo‘riqxonasi fondlaridagi 1920–1930 yillar milliy rangtasviriga oid eksponatlarni saralashga xizmat qilgan.