Pardaeva Ozoda Mamayunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt914.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘afurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila xo‘jaliklari faoliyatini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan, nogironligi bor, kam ta’minlangan, ko‘p bolali kabi oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashga qaratilgan indikatorlar ishlab chiqilib “Oila hisoboti”ni tumanlar kesimida tuzish yo‘lga qo‘yilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirib, aholining “o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash” va mahallalarda “kasanachilik markazi”ni tashkil qilish evaziga bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollar va ishsizlarni ish bilan band qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
oila xo‘jaliklarida daromadlar tarkibi takomillashtirilib, ularning o‘zgarishiga tadbirkorlikdan, mulkni ishlatishdan, ish haqidan, o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashdan olingan daromadlar ta’sirining mul`tiplikativ modeli asosida hisoblash taklifi ishlab chiqilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida ularning daromadliligi, savodxonligi, farovonligi va xotirjamligini ta’minlash bilan bog‘liq baxtlilik darajasini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkich miqdori asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
oila xo‘jaliklari faoliyatini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan, nogironligi bor, kam ta’minlangan, ko‘p bolali kabi oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashga qaratilgan indikatorlar ishlab chiqilib “Oila hisoboti”ni tumanlar kesimida tuzish bo‘yicha takliflar Respublika “Oila” markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 16 va 19-bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 13 fevraldagi 01-11/155-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga 12 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baho berish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini yaratgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirib, aholining “o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash” va mahallalarda “kasanachilik markazi”ni tashkil qilish evaziga bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollar va ishsizlarni ish bilan band qilish bo‘yicha takliflar Respublika “Oila” markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 16, 19 va 27-bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 13 fevraldagi 01-11/155-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahallalarda yaratilgan yangi ish o‘rinlarining 25-30 foizi o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash tomoyili asosida amalga oshirilishiga erishilgan;
oila xo‘jaliklarida daromadlar tarkibi takomillashtirilib, ularning o‘zgarishiga tadbirkorlikdan, mulkni ishlatishdan, ish haqidan, o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashdan olingan daromadlar ta’sirining mul`tiplikativ modeli asosida hisoblash taklifi Respublika “Oila” markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 16-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 13 fevraldagi 01-11/155-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya oila xo‘jaliklarida tadbirkorlikdan olinadigan daromadlarni ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni ko‘paytirish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini yaratgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida ularning daromadliligi, savodxonligi, farovonligi va xotirjamligini ta’minlash bilan bog‘liq baxtlilik darajasini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkich miqdori bo‘yicha taklif Respublika “Oila” markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 18-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 13 fevraldagi 01-11/155-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi, aholi farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirib, ularni baxtli qilish uchun “kompleks rivojlantirish dasturlari” va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish imkonini bergan.