Ravshanova Gulruxbegim Qahramon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripovning hajvnavislik mahorati”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil713.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori; Jabborov Nurboy Abdulxakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Oripovning hajviy asarlari tadqiqi misolida shoir hajvnavisligining mahoratini ilmiy-nazariy asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov ijodida jahon va o‘zbek she’riyatidagi hajviyot an’anasi sintezi asosida shakllangan o‘tkir satirik va yumoristik asarlar tizimi mavjudligi dalillangan;
hajv falsafasining she’riyatdagi o‘tkir kinoyaviy va achchiq istehzoviy ko‘rinishi orqali ijodkorning falsafiy-poetik talqini yoritilgan;
diniy-mifologik va fol`klorizmga xos obrazlar hamda ramziy makon timsollaridan mahorat bilan foydalanish shoir hajvnavisligining shakllanishi va taraqqiyotida muhimligi isbotlangan;
shoirning hajviy ob’ekt tanlash, vaziyat va xarakter yaratish, bunda badiiy tasvir vositalarining hajviy uslubga mahorat bilan tatbiq etishdagi ijodiy imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripovning hajvnavislik mahorati mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Abdulla Oripov ijodida jahon va o‘zbek she’riyatidagi hajviyot an’anasi sintezi asosida shakllangan o‘tkir satirik va yumoristik asarlar tizimi mavjudligini aniqlashga oid ilmiy xulosalaridan F-F8-32 raqamli “15 jildli o‘zbek fol`klori va adabiyot tarixi” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalangan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29maydagi 89-03-1819-son ma’lumotnomasi). Natijadajahon va o‘zbek she’riyatidagi hajviyot an’anasi sintezi asosida shakllangan o‘tkir satirik va yumoristik asarlar tizimi mavjudligini aniqlashga erishildi;
shoir ijodi misolida hajv falsafasining she’riyatdagi kinoyaviy talqinini aniqlashga oid xulosasidanOT-F8-OO2 “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” nomli fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29maydagi 89-03-1819-son ma’lumotnomasi). Natijada hajv falsafasining she’riyatdagi kinoyaviy talqini oydinlashdi;
tadqiqot natijalari asosida yaratilgan “Hajvnavslik so‘zligi” lug‘ati (ISBN 978-9943-18-253-0)da Hajvnavslikka oid so‘zlar yig‘ilib, izohlari amalda ko‘rsatilgan. Natijada o‘zbek adabiyotidagi hajvnavslik so‘zlarining ma’nolari izohi takomillashgan.