Samadov Aktamqul Rafiqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs estetik idealining shakllanishi va rivojlanishi muammolari», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fal28.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor, Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor, Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs estetik idealining shakllanish va rivojlanishida axloqiy-estetik idealning sinkretikligi, antitentligi va ularning estetik ongidagi konstruktiv ahamiyatini ko‘rsatish, shaxs estetik idealining boshqa shakllar bilan uzviyligi, institusional va funksional o‘zgarishlarni aniqlash, etikalogik va ekoestetik idealni shaxs estetik idealining rivojlanishidagi o‘rinini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta «Avesto»da uchragan poklanish tushunchasi diniy va ijtimoiy amaliyotlarda konseptual ahamiyat kasb etib, inson va tabiat tizimida ekologik soflik – go‘zallik muvozanati, insonning ma’naviy-ruhiy sog‘lomlashishi, forig‘lanishi – ezgulik timsoli sifatida yangi ma’naviy paradigmaga asos solinganligi aniqlangan;
shaxs estetik idealini shakllantiruvchi ichki barqaror tizimining namoyon bo‘lish shakllari (proeksiyalash, modellashtirish), tiplari (lirik-epik, makon-zamon, kompozision); kategoriyalari (mutanosiblik, reglamentlash, abstraksiya, zavqlanish, simmetriya va asimmetriya); namoyon bo‘lish usullari (badiiy to‘qima, falsafiy mavhumlashtirish, mantiqiy konstruksiya, hissiy-emotsiyali tahlil)dan iborat ekanligi ochib berilgan;
shaxs axloqiy-estetik idealining sinkretik (antinomik, universal, maqsadga muvofiq, qaytar bog‘lanuvchi) xususiyatlari beshta muhim tashabbusdagi zamonaviy qahramon obrazini yaratish va targ‘ib qilishda asos bo‘lishi ko‘rsatib berilgan; 
shaxs estetik idealining shakllanishida san’at va sportning konstruktivligi yoshlarda tana va ma’naviy-ruhiy sog‘lomlikni yaratib, beshta muhim tashabbusni faollashtirishda gnoseologik, kommunikativ, hayotni estetiklashtiruvchi (praksiologik), erkin boshqaruvchi, ijtimoiylashtiruvchi, gedonistik, evdomonistik, tarbiyaviy-belgilovchi, valeologik, badiiy-kompozision vazifalarni bajarishi ko‘rsatib berilgan.  
Sharqda diniy idealning rang-barang unsurlari (muvozanat, assimteriya, yolg‘izlik ruhi, maftunkorlik, ishora san’ati, jiddiylik, soddalik, tabiiylik, murtlik) estetik idealga ko‘chib o‘tgani, g‘arbda esa diniy ideal shaxsning poklanish-forig‘lanish, tozalanish chegaralarini bildirib, makon va zamondan shaxsning ichki dunyosiga singib, uning ongida dekorativlashtirish, uyg‘unlashtirish, yangilash, forig‘lantirish vazifasini bajargani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs estetik idealining shakllanishi va rivojlanishi muammolarini tadqiq etish asosida:
Avestoda uchragan poklanish tushunchasi diniy va ijtimoiy amaliyotlarda konseptual ahamiyat kasb etganligi, inson va tabiat tizimida ekologik soflik – go‘zallik muvozanati, insonning ma’naviy-ruhiy sog‘lomlashishi, forig‘lanishi – ezgulik timsoli sifatida yangi ma’naviy paradigmaga asos solinganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining «Avestoni tizimli tadqiq etish va zardushtiylik xrestomatiyasi» mavzusidagi A-1-92 raqamli amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89/03-4237-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihaning ijrosini samaradorligini ta’minlashda nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
shaxs axloqiy-estetik idealining sinkretik (antinomik, universal, maqsadga muvofiq, qaytar bog‘lanuvchi) xususiyatlarining beshta muhim tashabbusdagi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, zamonaviy qahramon obrazini yaratish va nigilizm g‘oyasiga qarshi kurashishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, millatlararo totuvlik, sport va salomatlik yo‘nalishi”, “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan respublika tanlovini o‘tkazish” va “Zamonamiz qahramonlari obrazini yaratish va targ‘ib qilishni tashkil etish” mavzularidagi aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar dastur loyihasi ssenariysini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 21 noyabrdagi 04-13/5255-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni kitobxonlik madaniyatini oshirishda, shaxs bo‘lib voyaga etishishida, axloqiy-estetik niglizmga qarshi kurashishda xizmat qilgan;
shaxs estetik idealining shakllanishida san’at va sportning konstruktivligi yoshlarni ma’naviy-ruhiy jihatdan sog‘lomlashtirishda besh tashabbusni faollashtirishda hayotni estetiklashtiruvchi (praksiologik), erkin boshqaruvchi, ijtimoiylashtiruvchi, tarbiyaviy-belgilovchi hamda badiiy-kompozision vazifalarni bajarishiga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan “Farzandlari sog‘lom yurt-qudratli bo‘lur” va “Sport sog‘liq garovidir” mavzusida o‘tkazilgan tadbirlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2019 yil 19 noyabrdagi 02/014-1549-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, yoshlarning estetik idealni shakllantirishda asosan san’at va sportning konstruktiv ahamiyatini anglashiga, mutolaa madaniyati tufayli badiiy-estetik tafakkuri yanada boyishiga xizmat qilgan;
Sharqda diniy idealning rang-barang unsurlari (muvozanat, assimteriya, yolg‘izlik ruhi, maftunkorlik, ishora san’ati, jiddiylik, soddalik, tabiiylik, murtlik) estetik idealga ko‘chib o‘tgani, G‘arbda esa diniy ideal shaxsning poklanish-forig‘lanish, tozalanish chegaralarini bildirib, makon va zamondan shaxsning ichki dunyosiga ko‘chib o‘tib dekorativlashtirish, uyg‘unlashtirish, yangilash, forig‘lantirish vazifasini bajargani haqidagi konstruktiv xulosa va taklif-tavsiyalaridan prof. O.M.G‘aybullaev tomonidan tayyorlangan “Milliy g’oya tarixi va nazaryasi” nomli darsligining “Milliy g’oyaning shakllanish tarixi, uning namoyon bo’lish xususiyatlari” deb nomlangan 2-bobini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 89/06-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs va jamiyatning idealini shakllantirish hamda yoshlarning axloqiy estetik rivojlantirishga nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
shaxs estetik idealini shakllantiruvchi ichki barqaror tizimining namoyon bo‘lish shakllari (proeksiyalash, modellashtirish), tiplari (lirik-epik, makon-zamon, kompozision); kategoriyalari (mutanosiblik, reglamentlash, abstraksiya, zavqlanish, simmetriya va asimmetriya); namoyon bo‘lish usullari (badiiy to‘qima, falsafiy mavhumlashtirish, mantiqiy konstruksiya, hissiy-emotsiyali tahlil)ni qo‘llashga oid xulosalaridan Samarqand viloyat musiqali drama teatri ilmiy ijodiy fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 01-12-06-6118-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatr ilmiy-nazariy fondini boyitib, estetik mezonlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar rejasini va ssenariysini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish