Baxrieva Dilfuza Xakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Abdurahmon Jomiy tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyati», 09.00.03 – Falsafa ta’rixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal140.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchehra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Hoshimxonov Mӯmin, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika institituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy g‘oyalarining gumanistik mohiyatini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Jomiy falsafiy-tasavvufiy qarashlari (“Vaxdat ul-vujud” ta’limoti)ning gumanistik mohiyati yoshlar tarbiyasida muhim omil ekanligi mantiqiy jihatdan asoslangan;
Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosida ilgari surilgan “komillikka erishish” konsepsiyasini kompleks tahlil qilish vositasida inson hayotining asl mohiyatining maqsadi aniqlangan;
Abdurahmon Jomiyning ustoz-shogird munosabatlari, qat’iy intizom, ilmga rag‘bat, tarbiya singari gumanistik g‘oyalari insonlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda birlamchi asos ekanligi tarixiy-falsafiy fakt asosida dalillangan;
Abdurahmon Jomiy tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyati “ommaviy madaniyat”, “axloqiy degradatsiya” va turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdurahmon Jomiyning gumanizm haqidagi qarashlarini ijtimoiy hayotda qӯllash, tatbiq etish bӯyicha taklif va tavsiyalar asosida:
Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosida ilgari surilgan “komillikka erishish” konsepsiyasini kompleks tahlil qilish vositasida inson hayotining asl mohiyatining maqsadi aniqlanganligiga oid konstruktiv fikr-mulohazalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” nomli 57-11/78 raqamli grant loyihasidagi “Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil etish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish” deb, nomlangan 11-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 15 noyabrdagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-marifiy targ‘ibot jarayonlarida komillik mezonlarini takomillashtirishda halollik va bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Abdurahmon Jomiyni tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyatini yoshlar tarbiyasidagi rolini amalga oshirish muhim tamoyil ekanligiga oid ilmiy fiklaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019 yil 23 may kuni Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Taraqqiyot modeli - rivojlanish va islohotlar jarayoning asosi” tadbir dastur loyihasining ssenariysini tayyorlashda hamda “Yosh kitobxon” Respublika tanlovini o‘tkazishda samarali foydalanilgan (Ӯzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 11 dekabrdagi 04-13/6218-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarimizni ma’naviy merosimizga nisbattan munosibatini ijobiy jihatdan o‘zgarishiga, ularning dunyoqarashi va madaniyatini rivojlanishiga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirishga, shuningdek kengash dasturlarini takomillashtirib, amaliyotga joriy qilishga xizmat qilgan;
insonlarni hamjihatlik ruhida tarbiyalashda Abdurahmon Jomiyning gumanistik g‘oyalaridagi ezgulik, or-nomus, inson qadri, baxt, muhabbat va shafqat, mas’uliyat singari aksiologik kategorilarning o‘ziga xos jihatlari tarixiy-falsafiy fakt asosida dalillanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” nomli 57-11/78 raqamli grant loyihasidagi “Viloyatda aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va egishli xulosalar berish borasida joylarda fuqarolar o‘rtasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish” deb nomlangan 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 15 noyabrdagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyati “ommaviy madaniyat”, “axloqiy degradatsiya” va turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirishining ӯziga xos omili ekanligi asolanganligiga oid ilmiy yangiligidan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan “Mahalla kitobsevarlari”, “Kitob – ezgulikka etaklovchi mayoq” mavzularida Respublika miqyosida o‘tkazilgan manzilli ishlarni tashkil etishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 23 dekabrdagi 02-08/ 883-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi orasida ma’naviy meros, milliy g‘oya, ma’naviy taraqqiyot va yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarida, mahallalarda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil eishda, mahallalarda kitobxonlikni keng tag‘ib qilish ishlariga xizmat qilgan.