Sultonova Nilufar Narzullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Isajon Sulton romanlarida badiiy komponentlar modifikatsiyasi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil715.
Ilmiy rahbar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori; Murodov G‘ayrat, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” romanlari hamda uning tarkibidagi badiiy komponentlarda modifikatsiya jarayonlarining maydonga kelish omillarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy modifikatsiyani yuzaga keltirgan fol`klor, mumtoz adabiyot, jahon adabiyotiga xos poetik omillar Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” romanlari asosida yoritilgan;
“Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” romanlarida obraz, uslub, syujet kompozisiya poetikasi masalalari ko‘rsatib berilgan;
adibning “Genetik” romanida kompozisiya va syujet modifikatsiyasi ochib berilgan;
ijodkorning xalqona ifoda usuli, aniqlik, obrazlilik, tilning soddaligi kabi unsurlardan obrazlarni modifikatsiyalashtirishda foydalanish mahorati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” romanlarida badiiy modifikatsiya muammosini o‘rganish asosida olingan natijalardan: 
o‘zbek romaniga xos modifikatsiya hodisasining poetik mohiyati  aniqlashga oid ilmiy  xulosalaridan FAF1–G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” nomli fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 04 martdagi 89-03-964-son ma’lumotnomasi). Natijada  badiiy modifikatsiya nazariyasini belgilash, bunda adabiy ta’sirning o‘rni masalalarini yoritishga  erishildi;
badiiy modifikatsiyani yuzaga keltirgan fol`klor, mumtoz adabiyot, jahon adabiyotiga xos poetik omillar postmodernistik adabiyot ta’sirida ochib berilgan ilmiy yangiligidan OT-F8-OO2 “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” nomli fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 04 martdagi 89-03-964-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni ifodalashda hozirgi adabiy jarayonning o‘rni yanada oydinlashtirib berildi;
postmodernistik obraz va bunda adabiy ta’sirning ahamiyati haqidagi ilmiy yangiligidan ITD A-1-118 “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 04 martdagi 89-03-964-son ma’lumotnomasi). Natijada postmodernizm adabiyoti an’analarining o‘zbek romaniga taransformatsiyalashuv jarayonlariga doir xulosalar aniqlashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish