Rejapov Xayrillo Xikmatullaevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt193.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.30/03.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Kucharov Abrorjon Sabirdjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan tizimli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimiga Bolon`ya shartnomasi va tamoyillari asosida o‘quv dasturlari va rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim tizimida kredit-modul` tizimini to‘liq joriy qilish taklif etilgan; 
malakali mutaxassislarni tayyorlash, kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirishda mutaxasislarning soni va sifati tarkibidan kelib chiqib tashkil etish taklif etilgan; 
ish o‘rinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirishda davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmi va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni sonini aniqlashning bozor munosabatlariga xos uslubiyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish taklifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 oktyabrdagi 931-sonli buyrug‘ini 2.2 bandida amaliyotga tadbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-04-2555-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish hisobiga o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish imkoniyati yaratilgan;
 oliy ta’lim tizimiga Bolon`ya shartnomasi va tamoyillari asosida o‘quv dastur va rejalarni takomillashtirish hamda oliy ta’lim tizimida kredit-modul` tizimini o‘quv jarayonlariga to‘liq joriy qilish taklifidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 apreldagi 380-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-04-2555-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibidagi oliy ta’lim muassasalarida Bolon`ya shartnomasi va tamoyillari asosida o‘quv dastur va rejalarni takomillashtirish, oliy ta’lim tizimida kredit-modul` tizimini o‘quv jarayonlariga joriy qilish asosida talabalarni mobilligi va rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashuvini oshishiga imkoniyat yaratilgan;
 kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish uchun kadrlarga bo‘lgan extiyojni prognozlashtirishda mutaxasislarning son va sifat tarkibidan kelib chiqib tashkil etish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 oktyabrdagi 877-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi extiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashda davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 01/00-00/19-9658-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida nodavlat sektorining malakali xodimlar va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talablarini shakllantirish samaradorligi va aniqligini oshirishga xizmat qilgan;
ish o‘rinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirishda davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmi, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj sonini aniqlashning bozor munosabatlariga xos uslubiyoti bo‘yicha berilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 oktyabrdagi 877-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi extiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashda davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni 4-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 01/00-00/19-9658-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj sonini aniqlashning bozor munosabatlariga xos uslubiyoti takomillashtirilgan hamda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talablarni shakllantirish samaradorligi va aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish