Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akademik liseylarda rivojlantiruvchi ta’lim asosida matematika o‘qitishni takomillashtirish». 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Ped506.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01
Rasmiy opponentlar: Tursunov Iqramjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Jumaniyozov Qudrat Sapaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarda rivojlantiruvchi ta’lim asosida matematika o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in¬kor¬poratsiya, moslashuvchanlik, uyg‘unlik, yaratuvchanlik, tabiiylikka asosla¬nish) integratsiyasini ta’minlash asosida akademik lisey o‘quvchilarining fikrlash faolligini baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv, kreativ) ishlab chiqilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari orqali akademik liseylarda matematika o‘qitish metodik tizimida o‘quvchilar matematik kompeten¬siya¬la¬rining rivojlanganlik darajalari (o‘rganish, hamkorlik, mustaqil, ijo¬diy) kreativlikni ta’minlovchi kompetensiyaviy yondashuv asosida aniq¬langan;
matematika o‘qitishda ta’lim metodlari (muammoli, evristik, tad¬qiqotchilik ta’lim, ijodiy masalalar echish nazariyasi (IMEN))ni qo‘llash orqali akademik lisey o‘quvchilarining mantiqiy va ijodiy fikrlashini faollashtirish shartlari (tizimlashtirish, tushuntirish, asoslash) aniq¬lash¬tirilgan;
interfaol metodlar (muammoli ta’lim, intellektual biatlon, baja¬rilgan ishlar estafetasi)ning variativ didaktik funksiyalari integra¬siya¬si asosida o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishning me¬to¬dik ta’minoti (maqsad, mazmun, vazifa, metod, vosita) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akademik liseylarda rivojlantiruvchi ta’lim asosida matematika o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining yetakchi tamoyillari (inkorporatsiya, moslanuvchanlik, uyg‘unlik, yaratuvchanlik, tabiiylikka asoslanish) integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan akademik lisey o‘quvchilarining fikrlash faolligini baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv, kreativ) “Algebra va matematik analiz”, “Geometriya” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3942-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu akademik liseylarda rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari orqali akademik liseylarda matematika o‘qitish tizimida aniqlangan o‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalari (o‘rganish, hamkorlik, mustaqil, ijodiy) kreativlikni ta’minlovchi kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha takliflari davlat ta’lim standarti, malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3942-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ yondashuv asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirishga erishilgan;
matematika o‘qitishda ta’lim metodlarini (muammoli, evristik, tadqiqotchilik ta’lim, ijodiy masalalar echish nazariyasi IMEN (TRIZ)) qo‘llash orqali akademik lisey o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini faollashtirish shartlari (tizimlashtirish, tushuntirish, asoslash)dan, interfaol metodlarning (muammoli ta’lim, intellektual biatlon, bajarilgan ishlar estafetasi) variativ didaktik funksiyalari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishning metodik ta’minotidan (maqsad, mazmun, vazifa, metod, vosita) 2016-2017 yillarda bajarilgan “Akademik lisey o‘quvchilarida kasbiy ahamiyatli sifatlarini shakllantirishning integrativ metodik vositalarini yaratish” nomli yosh olimlar amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3608-son ma’lumotnomasi). Natijada, rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur va kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari takomillashtirilgan.