Pulatov Lazizjon Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitral klapan etishmovchiligining xirurgik korreksiyasi va diagnostikasini chap qorincha remodellanish jarayonlarini hisobga olgan holda mukammallashtirish», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib526. 
Ilmiy rahbar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xikmatov Azimjon Asatillaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mitral etishmovchilik va uning asoratlari diagnostikasini takomillashtirish va rekonstruktiv-qayta tiklash amaliyotlarining samarali usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miksomatoz degeneratsiya, revmatik kelib chiqishi va birlamchi infeksion endokarditning nisbatlari qismini tasdiqlagan holda xirurgik korreksiyani talab qiladigan mitral klapan nuqsonlarining etiologik sabablari aniqlangan;
degenerativ etiologiyali mitral etishmovchikning progressiv tarzda kechishida chap qorincha patologik remodellanishi shakllanishining anatomik va funksional, fazoviy va morfostrukturaviy xususiyatlari ochib berilgan;
miksamatoz degeneratsiya fonida vujudga kelgan mitral etishmovchilikda amalga oshirilgan rekonstruktiv-qayta tiklash amaliyotlarining yurakning hajmiy, integral ko‘rsatkichlarini, kontraktil xususiyatini va bo‘shliqli tarkibini tiklanishiga ta’siri aniqlashtirilgan;
miksomatoz degeneratsiyasi fonida mitral klapan etishmovchiligi holatida rekonstruktiv-qayta tiklash amaliyotlarining yurak hajmini, integral ko‘rsatkichlarini, kontraktil layoqatini va fazoviy strukturasini tiklashga ta’siri aniqlangan;
degenerativ jarayon fonida rivojlangan mitral etishmovchiligida bajarilgan plastik amaliyotlardan keyingi yashash davomiyligi, muayyan asoratlar va qayta amaliyotlardan holilikni indekslangan dinamik ko‘rsatkichlari ajratib berilgan;
degenerativ etiologiyali mitral etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda chap qorinchaning dezadaptiv remodellanishida mitral klapanda klapan osti strukturasini saqlagan holda amalga oshirilgan protezlash amaliyoti chap qorincha hajmini tiklanishi bilan birga uning geometriyasini ijobiy morfometrik tomonga o‘zgarishiga olib kelishi tasdiqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Degenerativ etiologiyali mitral klapanda patologiyasi bor bemorlarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
"Mitral etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini tanlash algoritmi" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 8n-z/64-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar mitral klapanning anatomik va morfologik holatining eng muhim mezonlarini, shuningdek chap qorincha funksional holatini va geometriyasini hisobga olgan holda nuqsonni korreksiyalash variantini tanlashda taktik jihatlarni optimallashtirish imkonini bergan;
"Mitral klapan etishmovchiligini diagnostikasi va xirurgik davolashda taktikani tanlash dasturi" ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 8n-z/64-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan dasturni qo‘llash natijasida chap qorincha patologik remodellanishining tasdiqlangan jarayonlarini hisobga olgan holda degenerativ etiologiyali mitral etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda bajarilgan amaliyotlardan keyingi erta va uzoq davrdagi natijalarini yaxshilashga erishilgan;
mitral klapanning degenerativ patologiyasi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Namangan, Andijon va Urganch viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining kardioxirurgik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 8n-z/64-sonli ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Mitral klapanning degenerativ patologiyasi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish natijasida olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi amaliyotdan keyingi erta davrda uchraydigan asoratlarning chastotasini 43,1% dan 26,2% gacha kamaytirish, uzoq muddatli davrda ijobiy natijalar ko‘rsatkichini 45,9% dan 71,6 % gacha oshirish, shu bilan birga, amaliyotdan keyingi erta davrda uchraydigan o‘lim ko‘rsatkichi chastotasini 3,1% dan 0 gacha va uzoq muddatli davrda esa 27,9% dan 8,6% gacha kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish