Nosirov Muzaffar Madaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshi keksa bemorlarda sigmasimon ichak buralishini davolash taktikasini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.4.PhD/Tib1105.
Ilmiy rahbar: Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik taktikani optimallashtirish yo‘li bilan keksa yoshdagi bemorlarda sigmasimon ichak buralishini xirurgik usulda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshdagi bemorlarda sigmasimon ichak buralishini o‘ziga xos kechishining klinik va patologik xususiyatlari, ushbu yosh guruhiga xos bo‘lgan yo‘g‘on ichak tutilishining asosiy simptomatikasi hamda yondosh kasalliklarning namoyon bo‘lishi, shuningdek ichak nekrozi rivojlanish xavfi aniqlangan;
keksa yoshdagi bemorlarda sigmasimon ichak buralishini radikal xirurgik usulda davolashda, asosiy patologik jarayonning og‘irligini hisobga olgan holda amalga oshirish ehtimolligini baholash uchun yetakchi mezonlar, shuningdek, ushbu yosh guruhiga xos bo‘lgan noxush bashoratlarning xavf omillari aniqlashtirilgan;
keksa bemorlarda sigmasimon ichak buralishida ichaklarni etarlicha dekompressiya va sanatsiya qilishning, shuningdek, qorin bo‘shlig‘ini drenajlashning modifikatsiyalangan usullaridan foydalangan holda xirurgik usulda davolashning taktik va texnik jihatlari takomillashtirilgan;
sigmasimon ichak buralishi bo‘lgan keksa bemorlarda qonning ivish va ivishga qarshi tizimi holatining patogenetik xususiyatlari aniqlangan hamda ularning buzilishining eng yuqori darajasi va tromboembolik asoratlar rivojlanishining maksimal xavfi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yosh guruxiga mansub bemorlarda sigmasimon ichak buralishini jarroxlik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Yoshi keksa bemorlarda sigmasimon ichak buralishida xirurgik taktika algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yoshi keksa bemorlarda sigmasimon ichak buralishini xirurgik davolashda asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichini hamda amaliyotdan keyigi erta va uzoq muddatlarda maxsus asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
«Yoshi keksa bemorlarda sigmasimon ichak buralishini tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur» EHM uchun dastur tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi). Ushbu dastur xirurgik taktikani takomillashtirish hamda davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
keksa yosh guruhiga mansub bemorlarda sigmasimon ichak buralishini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining shoshilinch xirurgiya bo‘limi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 1- va 2-sonli shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Buning natijasida turli xil maxsus asoratlarni erta davrda 30% ga va amaliyotdan keyingi davrda 18,1% ga qisqartirish, o‘lim ko‘rsatkichini 20,6% ga kamaytirish hamda yaxshi va qoniqarli natijalarni 81,3% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish