Mamasolieva Shaxnoza Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon quyilishiga qarshi Asfinol tabletkasi tarkibi va ishlab chiqish texnologiyasini yaratish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far27. 
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Maruf, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Husan Djaxongirovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Sotimov G‘ayrat Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: safinol substansiyasi asosida tabletka dori shaklining ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  mahalliy substansiya asosida qon quyilishiga qarshi Asfinol tabletkasining ilmiy asoslangan muayyan tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
Asfinol tabletkasining fizik mexanik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
taklif etilayotgan tabletkaning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
Asfinol tabletkasining biosamaradorligi «aylanuvchi kajava» asbobida biofarmatsevtik nuqtai nazardan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asfinol tabletkasining tarkibi va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Asfinol tabletkalari uchun vaqtincha farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga taqdim qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 4 noyabrdagi 29/09-4276-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi antikoagulyant ta’sirli Asfinol tabletkalarini ishlab chiqish imkonini beradi;
Asfinol tabletkasi uchun ishlab chiqilgan tajriba-sanoat reglamenti tasdiqlangan (OPR 64-0269-13-2019). Natijada, antikoagulyant ta’sirga ega dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish