Turdieva Zilola Vaxabdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ziziphus Jujube Mill. mevasi asosida gipotenziv dori vositasini olish texnologiyasi», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far48. 
Ilmiy rahbar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Hakim Rahmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: unabi mevasi quruq ekstraktini olish va uning asosida gipotenziv ta’sirga ega bo‘lgan “Yuyuzin” kapsula dori shakli tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ziziphus jujuba Mill. mevasi quruq ekstraktini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, ekstraksiya jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
«Yuyuzin» kapsula dori shaklining texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Ziziphus jujuba Mill. mevasi quruq ekstrakti va kapsula dori shaklining sifat me’yorlari ishlab chiqilgan;
quruq ekstrakt va kapsula dori shakli ko‘rinishidagi preparatning gipotenziv faolligi va bezararligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ziziphus Jujube Mill. mevasi asosida gipotenziv dori vositasini  olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Navkar Group» MChJ bilan hamkorlikda «Yuyuzin» substansiyasi va kapsula dori shakli uchun tajriba-sanoat reglamentlari tasdiqlangan (OPR 42 Uz-03873/04610617-1097-2019, OPR 42 Uz-03873/0461061-1100-2019). Natijada gipotenziv ta’sirga ega bo‘lgan dori vositasi ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish imkonini bergan;
Ziziphus jujube Mill. mevasi quruq ekstrakti uchun me’yoriy hujjatlar «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlanib, ishlab chiqarish hamda tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilgan (KFM 42 Uz-25389499-3762-2019). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi gipertoniya kasalligini samarali davolash imkonini bergan;
kapsula dori shakli ko‘rinishidagi «Yuyuzin» preparatiga klinik sinovlar uchun ruxsat berilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati, «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK Farmakologiya qo‘mitasi Prezidiumining 2020 yil 15 yanvardagi 1-son majlis qarori). Natijada mahalliy xomashyo asosida samarali dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish