Soliev Iqrorjon Roziqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qisqa masofaga yuguruvchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirishni optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped471. 
Ilmiy rahbar: Shakirjanova Klara Tashkenbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSs.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlar doktori (DSc), dotsent; To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik tayyorgarlik mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishni ilmiy asoslash orqali qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni tayyorlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qisqa masofaga yuguruvchilarni yillik tayyorgarligining bosqich va davrlaridagi mashg‘ulot yuklamalarining hajmi o‘quv dasturidagi komponentlarni hisobga olgan holda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlariga mos ravishda rejalashtirish tizimlashtirilgan;
qisqa masofaga yuguruvchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, texnik tayyorgarlik va funksional ko‘rsatkichlarining darajasi mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida integratsiyalash asosida aniqlangan;
qisqa masofaga yuguruvchi yuqori malakali talaba-sportchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarining mikro, mezo va makrotsikllarida qo‘llaniladigan vositalarni shiddat zonalari bo‘yicha takrorlanishlar soni, dam olish oralig‘i talaba-sportchilarning individual xususiyatlarini metodik tasniflash asosida ishlab chiqilgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘qish davridagi yuklamalarni hisobga olgan holda rejalashtirilgan mashg‘ulot dasturini differensiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qisqa masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot va musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion uslubiyatlarni asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
qisqa masofaga yuguruvchilarni yillik tayyorgarligining bosqich va davrlaridagi mashg‘ulot yuklamalari hajmi o‘quv dasturidagi komponentlarini hisobga olgan holda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlariga mos ravishda rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarning mazmuni asosida «Qisqa masofaga yugurish» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-son buyrug‘i, 137-051 raqamli ruxsatnomasi). Natijada talaba-sportchilarning sport pedagogik mahorati natijalari 8,7% ga yaxshilangan;
qisqa masofaga yuguruvchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, texnik tayyorgarlik va funksional ko‘rsatkichlari darajasi mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida aniqlash asosida taklif va tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish (Engil atletika)» nomli darslik nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-279 raqamli ruxsatnomasi). Tadqiqot yakunida talaba-sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishi, texnik tayyorgarligi va funksional ko‘rsatkichlari 6,9% ga o‘sishi kuzatilgan;
qisqa masofaga yuguruvchi yuqori malakali talaba-sportchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarining mikro, mezo va makrotsikllarida qo‘llaniladigan vositalarni shiddat zonalari bo‘yicha takrorlanishlar soni, dam olish oralig‘ini sportchilarning individual xususiyatlarini mashg‘ulot yuklamalariga mosligi bo‘yicha «Sport pedagogik mahoratini oshirish (Engil atletika)» nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-279 raqamli ruxsatnomasi). Natijada qisqa masofalarga yuguruvchilarning musobaqa natijalari 7,2 % ga yaxshilandi;
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilar uchun ishlab chiqilgan yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘qish davridagi yuklamalar bilan hisobga olgan holda mashg‘ulot dasturi taklif va tavsiyalar asosida «Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (Engil atletika)» nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i,  434-316 raqamli guvohnomasi). Natijada talaba-sportchilarning sport natijalari 7,2% ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish