Abduramanova Salomat Xudaybergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqbolli gilos payvandtaglarini in vitro usulida mikroklonal ko‘paytirish hamda ozuqa muhitlarini takomillashtirish”, 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx520.
Ilmiy rahbar: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Kamoliddin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixalikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gilosning introduksiya qilingan istiqbolli kuchsiz o‘suvchi payvantaglarini in vitro sharoitida ko‘paytirish uchun ozuqa muhitini takomillashtirish va ularni in vivo sharoitida moslashtirishning samarali usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda gilosning introduksiya qilingan kuchsiz o‘suvchi Krimskiy-5, Gisela-5, Gisela-6, Colt payvandtaglarini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish uchun eksplantlarni sterillash jarayoni takomillashtirilgan;
eksplantlarni o‘stirish uchun samarali ozuqa muhiti turi va uning maqbul me’yori aniqlangan;
o‘sishni boshqaruvchi moddalar turi, miqdori va ularning ozuqa muhiti tarkibidagi maqbul foiz nisbati aniqlangan;
in vitro sharoitida to‘qima xujayralaridan mikroklonal ko‘paytirilgan yosh nihollarni tashqi muhit sharoitlarga moslashtirishning samarali usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gilosning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini in vitro usulida mikroklonal ko‘paytirish, maqbul ozuqa muhitlarini tanlash va yosh nihollarni tashqi muhitga moslashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
biotexnologiya va o‘simlik to‘qimalari kulturasi laboratoriyalari uchun «Gilos payvandtaglarini in vitro usulida mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasi» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 02/030-3329-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma biotexnologiya va o‘simlik to‘qimalari kulturasi laboratoriyalarida danak mevalilar uchun ozuqa muhitlarini tayyorlash, sterillash, ko‘paytirish, ildizlatish hamda iqlimlashtirish jarayonlarini qisqartirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
payvandtaglarni in vitro usulida ko‘paytirish uchun tanlangan ozuqa muhiti turi, payvandtaglarni yuza sterillash, mikroklonal ko‘paytirish, ildiz oldirish va nosteril tashqi muhitga moslashtirishning samarali usuli akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining «Biotexnologiya» laboratoriyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 02/030-3329-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu usul danakli meva o‘simliklari payvandtaglarini in vitro sharoitida ko‘paytirishda tayanch ishlanma sifatida xizmat qilmoqda;
gilosning in vitro sharoitida ko‘paytirilgan virussiz Krimskiy-5, Gisela-5, Gisela-6, Colt payvandtaglari 2018-2019 yillar Toshkent viloyatida 1,50 gektarga, Samarqand viloyatida 1,70 gektarga, jami 3,20 gektar maydonda barpo etilgan intensiv bog‘larga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 02/030-3329-son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida an’anaviy usulda ko‘paytirilgan ko‘chatlarga nisbatan ularning tutish sifatini 90-95 foizga yaxshilashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish