Abduvosiqova Lola Abdujamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Butgullilar oilasi agrobiotsenozida lepidoptera turkumi vakillari sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx579.
Ilmiy rahbar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shukirov Xushvaqt Mamasalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi butgullilar oilasi agrobiotsenozida Lepidoptera turkumi vakillari populyasiyasi, tarqalishi va xo‘jayin-entomofag munosabatlarining shakillanish jaraѐni, karam oq kapalagi entomofaglari tur tarkibi, ularning miqdorini boshqarishda biologik kurash choratadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
butgullilar oilasi agrobiotsenozida katta iqtisodiy zarar etkazaѐtgan Lepidoptera turkumi vakillari turlari sistematik tahlil qilinib ilmiy asoslangan;
ilk bor O‘zbekistoning janubiy sharqiy xududi butgullilar oilasi agrobiotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi vakillarining samarali parazit-entomofagi sifatida Hymenoptera turkumiga mansub Cotesia glomerata, Bracon crassungula va Diadegma semiclausum yangi turlari aniqlangan;
butgullilar oilasi agrobiotsenozida Lepidoptera turkumi vakillarini samarali parazit-entomofag turlarini biolaboratoriyalarda ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor Cotesia glomerata va Apanteles glomeratus parazit entomofaglarini biolaboratoriyada ko‘paytirishda eng maqbul iqlim sharoitlari ishlab chiqilgan;
birinchi bor karam agrobiotsenozida Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi parazit entomofaglarni (Apanteles glomeratus) qo‘llashda qisqa muddatlarda, resurstejamkor, yuqori samara olish imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Butgullilar agrobiotsenozida lepidoptera turkumi vakillari boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Apanteles glomeratus turi karam oq kapalagiga qarshi 1:10 nisbatda qo‘llanilganida 77,0-81,0% biologik samaradorlikka erishilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvar` 02/025-335-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydondan 3,5-4,2 sentnergacha hosil saqlab qolingan;
Karam va sholg‘om ekinlarida uchraydigan sholg‘om oq kapalagiga qarshi Apanteles kazak entomofagi 1:10 nisbatda joriy etilganda biologik samaradorlik 68,5-82,5% gachani tashkil etgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvar` 02/025-335-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar maydondan o‘rtacha 6,8-26,0 sentnergacha hosil zararkunandalardan saqlab qolindi va o‘simliklarni biologik himoya qilishga sarflangan har 1 so‘m uchun 4-5,1 so‘mlik mahsulot olingan;
Butgullilar agrobiotsenozida uchraydigan karam kuyasiga qarshi va Diadegma armillata parazit entomofag turi biolaboratoriyada ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan va joriy etilgan (O‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasi, O‘simliklar karantini ilmiy markazining 2020 yil 10 yanvar` 3-30/10-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, karantin zararkunandalariga qarshi kurashishga ketadigan sarf xarajatlarni 2-3 marotabaga tejash imkoni yaratilgan.