Rosilov Mansur Sirgievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida rux xlorid olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T865. 
Ilmiy rahbar: Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shamaev Baxodir Ergashevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xonjiza konining tarkibida rux bo‘lgan rudalaridan rux xlorid olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xonjiza koni rux saqlovchi konsentratini yuqori bosimli avtoklavdan foydalanib xlorid kislotasi yordamida parchalab rux xloridi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
rux konsentratini xlorid kislotasi bilan parchalash va olingan rux xloridi eritmalarini tozalash jarayonlarining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor 300–500°S haroratda dastlabki kuydirish yo‘li bilan konsentratni eritish jarayonida qo‘rg‘oshin, kremniy birikmalari va boshqa moddalar hosil bo‘lishining kamayishi isbotlangan;
rux konsentratini xlorid kislotali parchalab olingan quyqaning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlangan;
ishlab chiqilgan texnologiya asosida Xonjiza konining tarkibida rux bo‘lgan konsentratidan kimyoviy toza rux xlorid olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
tarkibida rux bo‘lgan konsentratdan rux xlorid olish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «2020-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 6 fevraldagi 63-87-son ma’lumotnomasi). Natijada rux konsentratini qayta ishlab, miqdori 97,7% dan kam bo‘lmagan rux xloridi olish imkonini bergan;
Xonjiza konining tarkibida rux bo‘lgan konsentratini xlorid kislotali parchalash yo‘li bilan rux xlorid olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «2020-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 6 fevraldagi 63-87-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimchalardan tozalangan gigroskopik rux xloridi olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish