Erboev Shavkat Ochiltoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘llarda ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko‘priklar yuk ko‘tarish qobiliyatini texnik diagnostika asosida aniqlash usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 – Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T827.
Ilmiy rahbar: Ishanxodjaev Abduraxmon Asimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Askar Zabievich, texnika fanlari doktori, professor; Baybulatov Xayrulla Absadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘llarda ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko‘priklar yuk ko‘tarish qobiliyatini texnik diagnostika asosida aniqlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilma va tayanchlarining ekspluatatsiyaga yaroqliligini, ulardagi nuqsonlar tavsiflarini balli baholash usulini takomillashtirish asosida aniqlash taklif etilgan;
ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining yuk ko‘tarish qobiliyatlariga ta’sir qiluvchi beton va armatura korroziya darajasini hisobga olgan holda ifodalar taklif qilingan;
texnik diagnostika natijalari bo‘yicha ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining yuk ko‘tarish qobiliyatini seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda aniqlash usuli yaratilgan;
ekspluatatsiya qilinayotgan temir yo‘l ko‘priklari texnik holati monitoringi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko‘priklar yuk ko‘tarish qobiliyatini texnik diagnostika asosida aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilma va tayanchlarining ekspluatatsiyaga yaroqliligini aniqlashning texnik diagnostika usuli takomillashtirilgan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” №PI-18/14 farmoyishi asosida Toshkent – Yangier va Djizak – Samarqand oralig‘idagi sun’iy inshootlarni texnik diagnostika qilish va instrumental tadqiqot olib borishda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 24 maydagi N/3262-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, temir yo‘l ko‘priklari konstruksiyalarining texnik holatini balli baholash mezoni takomillashtirilgan. Bu mezon asosida oraliq qurilma va tayanchlarning holatini oldindan baholash imkoni yaratilgan;
ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining yuk ko‘tarish qobiliyatlarini aniqlash ifodasi takomillashtirilgan, Toshkent shaxar «UZRO’PRIKLOYIHA» ma’suliyati cheklangan jamiyatini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” bilan tuzilgan shartnomasi asosida Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi 3641+028 km dagi ko‘prikda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 24 maydagi N/3262-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, takomillashtirilgan xisoblash formulasi ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining qoldiq yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash imkonini bergan;
texnik diagnostika natijalari bo‘yicha ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining yuk ko‘tarish qobiliyatini seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda aniqlash usuli, Toshkent shahar «UZRO’PRIKLOYIHA» ma’suliyati cheklangan jamiyatini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” bilan tuzilgan shartnomasi asosida Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi 3648+602 km dagi ko‘prikda amaliyotga joriy etilgan va mutaxasislar tomonidan tayyorlanayotgan “Temir yo‘llardagi temirbeton ko‘priklar oraliq qurilmalarini yuk ko‘tarish qobilyatini aniqlash” bo‘yicha ko‘rsatmaga qabul qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 24 maydagi N/3262-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida, ko‘prik oraliq qurilma va tayanchlarining yuk ko‘tarish qobiliyatini seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda tahlil qilish imkoni yaratilgan;
ekspluatatsiya qilinayotgan temir yo‘l ko‘priklar texnik holati monitoringi bo‘yicha kompyuter dasturi takomillashtirilgan, Toshkent shaxar «UZRO’PRIKLOYIHA» ma’suliyati cheklangan jamiyati ma’lumotnomasi №15 Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi 3738+025 km dagi ko‘prikda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 24 maydagi N/3262-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida, takomillashtirilgan kompyuter dasturi ma’lumotlar ba’zasi bo‘yicha ko‘priklar texnik holatini tizimli ravishda monitoring qilish imkoniyati yaratilgan.