Kuliev Toxir Mamarajapovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xomashyosi va tolasini tozalagichlarining konstruksiyalarini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T.311.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Maksudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asosan paxta xom ashyosini mayda va yirik iflos aralashmalardan tozalagichlarining hamda paxta regeneratori va tola tozalagichlarning konstruksiyalarini takomillashtirishga, ishchi organlar va mexanizmlarining yuqori sifatli paxta tolasi olinishini ta’minlaydigan parametrlari hamda harakat rejimlarini asoslash bo‘yicha hisoblash usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tozalagich, regenerator va tola tozalagichning resurstejamkor va yuqori samarali konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
paxta va tola tozalagich mashina agregatlarning dinamik i matematik modellarini tuzish usullari ishlab chiqilgan va ularni echimi asosida ishchi organlar burchak tezliklari va yuklanganligini o‘zgarish qonuniyatlarini olingan;
paxta tozalagichlari, regeneratori va tola tozalagichlarning ishchi organlarining kinematik va dinamik parametrlarining ish unumiga, inersiya momentlarini va yuritkich mexanizmlari bikrlik-dissipativ xarakteristikalariga bog‘liqlik grafiklari qurilgan va ularning tahlili asosida maqbul qiymatlari asoslangan;
paxta tozalagich ish unumdorligining turli qiymatlarida yuklanganlik, talab etilayotgan quvvati, qoziqli barabanning burchak tezligi va tezlanishini tajribada aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tozalagich ish unumdorligi va ishchi rejim tezligi o‘zgarganda qoziqning paxta bo‘laklariga zarba kuchini o‘lchash usuli ishlab chiqilgan;
paxta xom ashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalagichlarining hamda paxta regeneratori va tola tozalagichning optimal ishchi parametrlari to‘liq omilli tajribalar natijasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan PT-10, 1XKM-12 paxta tozalagichlari, regenerator 2RX-M, bir bosqichli tola tozalagichlarning samarali va resurstejamkor konstruksiyalari asosida:
Farg‘ona viloyatining “Bag‘dod paxta tozalash” AJ ishlab chiqarish tizimiga modernizatsiya qilingan paxta xom ashyosini yirik iflosliklardan tozalagich mashinasi joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 27 martdagi 01-32/1135-son ma’lumotnomasi). Natijada PT-10 tozalagichining ishlab chiqilgan konstruksiyasi past navli paxta navlarini tozalash samarasini seriyali tozalagichga nisbatan (1,9÷2,5)% oshirishga imkon bergan. Shu bilan birga sifat ko‘rsatkichlari 0,2 % abs.ga, unumdorlik esa 8,0 t/s ga oshgan;
Farg‘ona viloyatining “Bag‘dod paxta tozalash” AJ ishlab chiqarish tizimiga 1XKM-12 paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash mashinasi joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 27 martdagi 01-32/1135-son ma’lumotnomasi). Natijada 1XKM-12 tozalagichining joriy etilishi bilan 1XK seriyali tozalagichga nisbatan tozalash samarasi 7,7% ga oshgan va sifat ko‘rsatkichlari 0,2% abs.ga yaxshilangan;
Farg‘ona viloyatining “Bag‘dod paxta tozalash” AJ ishlab chiqarish tizimiga 2RX-M paxta chiqindisi regeneratorining joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 27 martdagi 01-32/1135-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindilarning paxta bo‘lakchalari bilan birgalikdagi vazni 1690 kg., ajratilayotgan chiqindilar tarkibidagi paxta bo‘lakchalarining vazni esa 310,0 kg (18,3%)ni tashkil etgan, tozalashdan keyingi ajratilgan chiqindilar takibining tahlili bo‘yicha tozalashdan keyingi miqdori 0,3% ni tashkil etdi va regeneratsiya samarasi tegishli holda 98,3 % ni tashkil etgan;
Surxondaryo viloyatining “Surxondaryo agroxizmat” MChJ qoshidagi paxta tozalash korxonasida bir bosqichli tola tozalagichining konstruksiyasi joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 27 martdagi 01-32/1135-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan tola tozalagichining joriy etilishi 1VPU seriyali tozalagichga nisbatan tozalash samarasi (6,0÷6,5)% ga oshgan, tozalangan toladagi o‘lik va iflos aralashmalar miqdori 0,3% ga, tola tozalagich chiqindilarining toladorligi 1,8-1,9% ga kamaygan.