Babaev Asqar Ro‘zibadalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidrotransport jarayonida oqim parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirish», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T833.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, DSs 15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Ismatillo Qushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: naporli quvurlarda loyqali oqimlarning kinematik va dinamik parametrlarini hisoblash usulini loyqali oqimlarning mexanik tarkibi va miqdorini o‘zgaruvchanligini inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naporli quvurlarda loyqali oqimning harakat modeli loyqali oqimning tarkibiy qismini inobatga olib ishlab chiqilgan;
naporli quvurlarda loyqali oqimning kinematik parametrlarini hisoblash metodi, loyqalik miqdorini va fraksion tarkibini inobatga olib takomillashtirilgan;
loyqali oqimning naporli quvurlarda harakati modeli asosida oqimning tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash uslubi takomillashtirilgan;
naporli quvurlarning energetik parametrlarini hisoblash usuli loyqali oqimlarning gidravlik qarshiliklarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gidrotransport jarayonida oqim parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
naporli quvurlarda loyqali oqimning kinematik prametrlarini hisoblash metodi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasining naporli quvurlarida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2019 yil 18 noyabrdagi AA-08344-son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarda qattiq zarrachalarni o‘tkazish jarayonida ish unumdorligini 25% gacha oshirish imkonini bergan;
naporli quvurlarda loyqali oqimning fraksion tarkibini inobatga olib kinematik parametrlarini hisoblash metodi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2019 yil 18 noyabrdagi AA-08344-son ma’lumotnomasi). Natijada loyqali oqimning fraksion tarkibining o‘zgarishini inobatga oluvchi kritik tezlik topilgan va loyqali oqimning aniq miqdorini hisoblash imkonini bergan;
naporli quvurlarda loyqali oqimlarning gidravlik qarshiliklarga ta’sirini energetik parametrlarini hisoblash usuli Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2019 yil 18 noyabrdagi AA-08344-son ma’lumotnomasi). Natijada loyqali oqimning gidravlik qarshiliklarni minimum darajaga etkazish orqali 20% gacha energiya tejash imkonini bergan.