Madjidova Ra’no Urishevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antropotsentrik maqollarning aksiologik tadqiqi (o‘zbek va rus tillari materiallari asosida)», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.1 PhD/Fil.1024.
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboevna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Salimov Rustam Davletovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: antropotsentrik maqollar aksiologik talqinining nazariy va amaliy asoslarini hamda ulardagi antropomorf kodning namoyon bo‘lish xususiyatlarini ilmiy dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonga berilgan bahoning ijobiylik/salbiylik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladigan va adresatga ochiq/yashirin tarzda ma’lum axloqiy, fikrlash yoki yaxshi/yomon baholash kategoriyalari doirasida nimagadir/kimgadir munosabat modelini belgilab beradigan o‘zbek va rus tillaridagi antropotsentrik maqollarning baholash markerlari aniqlangan;
o‘zbek va rus tillaridagi antropotsentrik maqollarda shaxsning fazilatlari va uning turmush tarziga ko‘ra insonni baholash turlari tasnifi amalga oshirilgan, xususan, baholashning axloqiy, estetik, intellektual, pragmatik, valeologik, hissiy, me’yoriy kabi turlari ajratib ko‘rsatilgan, ulardagi baholashning bipolyarligi (ikki tomonliligi) ochib berildi;
tahlil qilinayotgan tillardagi antropotsentrik maqollarda kishi ism (nom)lari uning xarakteristikasini tashqi (jismoniy) va ichki (axloqiy va ma’naviy) fazilatlari, kasb-kori, ijtimoiy va oilaviy ahvoli, jinsi, yoshi, qarindoshlik munosabatlari va boshqa mezonlar bo‘yicha tuzilishi, bu esa qadriyatlar va aksilqadriyatlar tizimi prizmasi orqali aksiologik talqin qilinishi isbotlangan.
har bir etnosga xos bo‘lgan barqaror qadriyatlar jamiyat, tarix, madaniyat, adabiyot va san’at tomonidan singdirilgan madaniy matnlar, shu jumladan, antropotsentrik maqollar orqali tanishishi barobarida insonlarning o‘ziga xos bo‘lgan shaxsiy qadriyatlar tizimini yaratishi dalillangan;
O‘rganilayotgan tillarning antropotsentrik maqollaridagi kishilarni turdosh otlar bilan nomlashning aksiologik funksiyasi – har xil majoziy baholash ma’nolarining ifodalanishi va insonning fiziologik xususiyatlari: go‘zallik, sog‘lik va tananing holati, tanadagi nuqsonlar, yoshi, jinsi; millati; qarindoshlik va er-xotinlik munosabatlari; faoliyat turi; mansab; mavqe; ishining bor/yo‘qligi, bandlik/bekorchilik; moliyaviy ahvol; qiziqishlar; xarakter, fazilatlar va shu kabilarni baholashdan iboratligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antropotsentrik maqollarning aksiologik tadqiqi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijasi asosida:
o‘zbek va rus xalqlari stereotiplari, ularda dunyoning aksiologik lisoniy manzarasi aks etishi, qadriyatlar tizimining shaxs axloqi modeli, ijobiy va salbiy baholash ko‘rsatkichlari, insoniy fazilatlar va turmush tarziga ta’siri xususidagi dissertatsiya materiallari va xulosalaridan OT-F8-062-sonli «Til rivojlanishining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 19-03-5176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada til rivojla-nishining derivatsion qonuniyatlarini aniqlashning milliy stereotip-larini belgilash va derivatsion qoliplarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
dissertatsiyada tahlilga tortilgan o‘zbek va rus tillaridagi antropotsentrik maqollarda odamning ijobiy yoki salbiy baho ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladigan va adresatga xos harakatlar, fikrlash yoki baholash kategoriyalari doirasidagi ma’no markerlari; antropotsentrik maqollarda insonni fazilatlari va faoliyat obrazining mezoniga ko‘ra baholash, xususan, ma’noning ikki tomonliligi xususiyatiga ega bo‘lgan axloqiy, estetik, intellektual, pragmatik, valeologik, hissiy, normativ baholash turlariga ajratilgan terminlardan “OT-A1-018. O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 19-03-5176 -son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashma so‘zlardan o‘rinli foydalanish, zarur o‘rinlarda o‘zbekcha muqobillarini yaratishga yordam bergan.
tadqiqotning ilmiy tushunchalaridan F1-FA.2012-1-8-sonli “100-jildlik O‘zbek xalq san’ati yodgorliklarini nashrga tayyorlash va matnlarni o‘rganish muammolari” mavzusidagi fundamental loyihada o‘zbek xalq maqollarini alifbo tartibida to‘plangan nashrning uchinchi jildiga muqaddima va eslatmalarni yozishda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 19-03-5176-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atga yozilgan muqaddima va eslatma ilmiy jihatdan boyigan hamda maqollar izohining mukammallashuviga erishilgan;
antropotsentrik maqollarning milliy-madaniy stereotipi, dunyoning aksiologik manzarasi, madaniy qadriyatlar, insonni baholash va qadriyatlarni tasniflash mezonlari ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy tizimga ko‘ra shartlanganligi haqidagi dissertatsiyaning nazariy xulosalari va natijalaridan A-1-197 “Ingliz, rus, koreys va nemis tillarini o‘rganishda o‘quv-uslubiy modullarni (O‘MM) qo‘llash va takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 19-03-5176-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy modullarni qo‘llash uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar, ularning audiokitob shaklidagi nusxalarida qo‘llangan maqollarning izohini mukammallashuviga erishilgan;
dissertatsiyada taqdim etilgan o‘zbek va rus tillarining antropotsentrik maqollari qadriyatlar, madaniyat, urf-odatlar, tarix, turmush tarzi, insoniy fazilatlar, ta’lim, ikki xalqning dunyoqarashi va alohida shaxslarning hayot tarzi sifatida baholash shkalasining jamiyatda o‘rnatilgan me’yorlariga muvofiq inson faoliyatini baholashni oldindan belgilab berish borasidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyatida ijodkorlar mahoratini oshirish, yosh iste’dodlarni tarbiyalash, turli to‘garak, seminar va mahorat darslari o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 25 dekabrdagi 01-03-07 / 1551-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyoti durdonalarini tarjima qilishda tarjima qilinayotgan adabiyot mansub bo‘lgan xalqning milliy xususiyatlarini yoritish muammolarni hal etishga va tarjimalarning badiiy mukammalushuviga erishilgan;
tadqiqotning insonlar ongida dunyoning aksiologik manzarasi va dunyoqarashini antropotsentrik maqollar yordamida aniqlashga oid ilmiy, amaliy va uslubiy g‘oyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya-sining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi maxsus dasturlari ssenariylarini tayyorlashda ishlatilgan. (2019 yil 16-23 noyabr` kunlari efirga uzatilgan) (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” telekanalining 2019 yil 24 dekabrdagi 04-25-2708-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy o‘ziga xosligi jihatdan boyigan.