Amonov Muxtorjon Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma»dagi izofiy birikmalarning lisoniy tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1 PhD/Fil.1024.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xolida Zikrillaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Odilov Yorqin Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: “Boburnoma”da qo‘llanilgan izofiy birikmalarni mazmuniy, grammatik va funksional jihatdan tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi izofiy birikmalarning semantik, leksik va stilistik xususiyatlari ochib berilgan; 
asarda o‘rin-joy, payt, sabab, belgi-xususiyat, shaxs, hayvonot va nabotot ma’nolarini ifodalovchi izofiy birikmalar mavzuiy guruhlari mavjudligi asoslangan; 
ikki otning birikuvidan hosil bo‘lgan hamda haqiqiy izofa deb nomlanadigan arabcha izofa bilan bir qatorda azimush-sha’n, quttout-tariyq, azimul-jussa kabi shakliy izofalar ham mavjudligi isbotlangan. 
“Boburnoma”dagi izofiy birikmalarning hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanish darajasi, asliyat bilan mutanosibligi, hozirda iste’moldan chiqib ketganlik holatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Boburnoma” asaridagi izofiy birikmalar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“Boburnoma”dagi lug‘aviy-izofiy birikmalar, ularning milliy-madaniy, semantik va grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq natijalardan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06.02.2020y. dagi 89-03-526-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida chop etilgan “Shaxs va qadriyatlar” nomli monografiyada ifodalangan leksik birliklarning lingvistik tabiatini muvofiqlashtirishga, zaruriy o‘rinlarda bu lug‘aviy birliklarning etimologiyasini aniqlashga erishilgan. 
“Boburnoma”dagi izofiy birikmalar, ularning ijtimoiy-hududiy, geografik va toponimik  jihatlari bilan bog‘liq natijalardan 2013-2014 yillarda bajarilgan I-2013 57 raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06.02.2020y. dagi 89-03-526-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy ekologiya tushunchalari, geografik-hududiy nomlarni dalillashda samaraga erishilgan.
Dissertatsiya ishi natijalaridan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2017-2020 yillarda «Zamondosh», «Adabiy muhit», «Ma’naviyat –qalb ko‘zgusi»,  ko‘rsatuvlarida hamda «Ma’naviyat», «Ziyo maskanlarida»  nomli radioeshittirishlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 yanvardagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish