Alimova Zarifaxon Vaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarning fonetik, leksik-semantik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil679.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Berdaliev Abduvali, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilidagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarni leksik-semantik hamda fonetik-struktur asosda tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tiliga o‘zlashgan forscha-tojikcha so‘zlarning fonetik, leksik, semantik xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek tilining besh jildli izohli lug‘atida aks etgan forscha-tojikcha o‘zlashmalarning akustik, artikulyasion, fonetik, struktur o‘zgarishlari asoslangan;
o‘zbek tili derivatsion formantlari tarkibidagi forscha-tojikcha affiks, prefiks, affiksoid, prefiksoidlarning qo‘llanish doirasi dalillangan;
o‘zlashmalarda leksik-semantik jihatdan shaxs otlari, qush va parranda nomlari, o‘simlik nomlari, koinot nomlari, taqinchoq nomlari, shirinlik nomlari, non nomlari, uzum nomlari, qovun nomlari kabi mavzuiy guruhlar mavjudligi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarning etimologiyasi yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi o‘zlashma so‘zlarni tadqiq etish asosida:
fors-tojik o‘zlashmalarning o‘zbek tili lug‘at tarkibini boyitishdagi o‘rni, so‘zlarning semantik xususiyatlari oid materiallardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasidagi o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 dekabrdagi 89-03-4463-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarida qo‘llanilgan terminlar izohining ilmiyligi hamda mukammalligiga erishilgan;
o‘zbek tiliga o‘zlashgan forscha-tojikcha so‘zlarning leksik hamda semantik xususiyatlariga oid xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan OT-F1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzusidagi fundamental granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 dekabrdagi 89-03-4463-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida chop etilgan «Shaxs va qadriyatlar dialektikasi» nomli monografiyaning ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;
xulosalar asosida «O‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘tgan o‘zlashmalar lug‘ati» yaratilgan (Farg‘ona davlat universiteti kengashining 2019 yil 29 noyabrdagi 4-yig‘ilishi qarori). Natijada o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining o‘zbek tilidagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarni o‘rganishga imkoniyat yaratishga erishilgan.