Saidboboeva Gulzora Nematjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish tarixi (XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragi)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar194.
Ilmiy rahbar: Musaev Nuriddin Umurzakovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Jasur Mamatqodirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri–XX asr birinchi choragida Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish tadbirlari mohiyati va mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasida elektrlashtirish sohasida ishlar imperiyaning markaziy qismlariga nisbatan juda sekin olib borilganligi hamda bu boradagi dastlabki loyihalarga etarlicha e’tibor qaratilmaganligi bois, ular amalga oshmasdan, o‘lka xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarida elektr energiyaning qo‘llanish darajasi past sur’atlarda qolganligi aniqlangan;
imperiya ma’murlarining o‘lkadagi byurokratik idora vakillari elektrlashtirish bo‘yicha taqdim etilgan loyihalarni o‘z vaqtida hal etmaganligi, uzoq olib borilgan muzokaralarning samarasiz yakunlari, energiya tannarxi yuzasidan kelishmovchiliklar oxir-oqibat sarmoyadorlarning o‘z loyihalaridan voz kechishiga olib kelganligi asoslangan;
sobiq sovet hukumatining elektrlashtirish tadbirlari o‘lkaning demografik, sanoat ishlab chiqarish holati va ishchi kuchlarini hisobga olmasdan biryoqlama yondashuvi sababli o‘lkaning gidroenergetika zaxiralari oqilona o‘zlashtirilmaganligi, davr talabiga mos elektr bilan ishlovchi uskunalardan etarli darajada foydalanishiga to‘siq bo‘lib qolganligi isbotlangan;
Turkiston o‘lkasida sovetlarning GOELRO rejasini (1920) amalga oshirishda o‘lkaning sug‘orish tizimlarini elektr uskunalari bilan jihozlash, Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)da ham ko‘zda tutilgan sanoat, yirik ishlab chiqarish inshootlarini bunyod etish va elektrlashtirish mintaqada ikkinchi darajali vazifaga aylanib, faqatgina milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan keyin – 20-yillarning so‘nggidan boshlanganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turkiston o‘lkasini XIX asr oxiri–XX asrning birinchi choragida elektrlashtirish tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston o‘lkasida elektrlashtirish tarixiga oid hujjatlar jamlangan O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA) hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi (O‘zKFFH MA) faoliyati va fondlari tahlili mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan hamda chop etilgan “Arxivshunoslik” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-147 raqamli guvohnomasi). Mazkur darslik respublika oliy o‘quv yurtlarining 5120300–Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining arxivshunoslik, xususan yuqoridagi markaziy arxivlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi;
o‘lkaning mustamlaka va keyinroq sovet tuzumi dastlabki boshqaruv yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixining ajralmas bo‘lagi sanalgan elektrlashtirish sohasidagi tadbirlar va uning natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining “Suhbatdosh” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining 2019 yil 5 martdagi 14-02-71-son ma’lumotnomasi). Bu tinglovchilarda o‘lkamizni elektrlashtirish tarixi bo‘yicha ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi;
Turkiston hududida dastlabki gidroelektr stansiyalari XX asrning boshlarida bunyod etilganligi, ularning qurilishi bosqichlari, maqsad, vazifalari, mohiyati, mahalliy sanoat hamda aholi turmush-tarzining o‘zgarishidagi ahamiyati ilk marotaba ochib berilganligi, o‘lka boshqaruv ma’muriyatining gidroelektr stansiyalari qurish borasidagi siyosati, bu borada kadrlar tayyorlash masalalari va uning ahvoli arxiv hujjatlari hamda tarixiy adabiyotlar doirasida keng tahlil qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 2 iyuldagi 01-10/1592-son ma’lumotnomasi). Bu o‘lkada elektrlashtirishning murakkab va ziddiyatli tarixini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.