Abduraimova Maftunaxon Axmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotini tuzish va auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt514.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Alisher Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdug‘apur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotini tuzish va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sug‘urta tashkilotlarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda «monetar tanlash» usulidan foydalanish hisobiga iqtisodiy samaradorlik va natijaviylikni ta’minlash asoslangan;
sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotlari shaffofligini va unga ta’sir qiladigan risk darajasini aniqlash asosida, moliyaviy barqarorligiga baho berish bo‘yicha uch bosqichli modelli-tahlil o‘tkazish uslubi ishlab chiqilgan;
sug‘urta tashkiloti moliyaviy hisoboti ishonchliligini ta’minlash maqsadida sug‘urta tashkiloti moliyaviy hisoboti bo‘yicha yakuniy bosqichida qo‘llaniladigan amallar tarkibi likvidlilik, rentabellik, bankrotlikdan yiroqlik kabi qo‘shimcha kiritish asosida takomillashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlarida ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishda COSO modelini qo‘llash jarayoniga etik qoidalar, risklarni aniqlash, axborotdan foydalanish, nazorat tizimi kiritish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotini tuzish va auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha olinagan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta tashkilotlari samaradorligini miqdor va sifat jihatidan baholash orqali uchraydigan chalkash, noodatiy xatoliklarni bartaraf etish yuzasidan «monetar tanlash» usulini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2019 yil 2 dekabrdagi №01/130-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotlarini istiqbolda miqdor va sifat jihatidan baholash imkoni paydo bo‘lib, xulosa va hisobotlarning aniqligi, tezkorligi ta’minlanib, sarflanadigan mehnat xarajatlarini kamaytirishga (sarflanadigan xarajatlarning 5-10 foizi tejalgan) erishilgan;
sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotini tayyorlashda uch bosqichli modelli-tahlildan foydalanish taklifi O‘zagrosug‘urta AJ tomonidan moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonlarida qo‘llanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2019 yil 16 oktyabrdagi 04-09/2562-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotini tuzish jarayonida moliyaviy barqarorligiga baho berilib, auditorlik tekshiruvini samarali yo‘lga qo‘yilishi ta’minlangan;
sug‘urta tashkiloti moliyaviy hisoboti ishonchliligini ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobot yakuniy bosqichida amallar tarkibini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvini sifatli amalga oshirishda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2019 yil 2 dekabrdagi 01/130-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarning ishonchliligi ortib, sug‘urta tashkilotining moliyaviy barqarorligi ta’minlangan;
sug‘urta tashkilotlarida COSO modelini qo‘llash taklifi O‘zagrosug‘urta AJ tomonidan ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash jarayonida foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2019 yil  16 oktyabrdagi 04-09/2562-son  va O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2019 yil 2 dekabrdagi 01/130-son ma’lumotnomalari). Natijada, ichki nazorat tizimi samaradorligi ta’minlanib, buxgalteriya hisobi axborotlarining shaffofligi oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish