Xomitov Ravshan Xomitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi davlatlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari (1991 – 2015 yy.)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar80.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019. Tar/Yu/I/S/24.01. 
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarboevna, tarix fanlari doktori, professor; Qirg‘izboev Abdug‘appor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi davlatlari o‘zaro hamkorlik aloqalarining shakllanishi, rivojlanish jarayonlari hamda asosiy yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida Boltiqbo‘yi davlatlari bilan hamkorlikni yangicha “1+3” tashabbusi asosida rivojlantirish jarayonida dastlab hamkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari shakllantirilgani, so‘ngra siyosiy muloqotlar faollashtirilib, o‘zaro manfaatli aloqalarning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan; 
davlatlar o‘rtasidagi amaliy munosabatlar asosini savdo-iqtisodiy, transport va sarmoyaviy loyihalar tashkil etib, mazkur jarayonda ikki tomonlama soliqqa yo‘l qo‘ymaslikka oid kelishuv, o‘zaro tovar va xizmatlarning takrorlanmasligi, hududlarda qo‘shma korxonalarni tashkil etish va sarmoyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish imkoniyatini yaratganligi aniqlangan; 
davlatlar o‘rtasida madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli kelishuvlar xalqlarning milliy madaniyatlarini boyishi va yuksalishiga imkon yaratib, pirovardida ilm-fan, ta’lim, teatr va san’at sohalaridagi aloqalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligi isbotlangan;
O‘zbekistondagi Litva madaniyati markazi va Latviya, Litva, Estoniyada yashovchi o‘zbeklar diasporasi, mamlakatlarning o‘zaro munosabatlarida “xalq diplomatiyasi”ning muhim omili sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi davlatlarining o‘zaro hamkorlik aloqalariga oid tadqiqotlar bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida: 
davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari yangi qiyofada o‘rnatilib, faol siyosiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilganligi, tomonlarning kelishuvi bilan o‘zaro amalga oshirilgan rasmiy tashriflar va ularda muhokama qilingan masalalarning asosiy yo‘nalishlari, hamkorlikka oid huquqiy hujjatlarning imzolanishi, ularning munosabatlardagi o‘rni hamda istiqbolda ushbu jarayonlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha savdo-iqtisodiy, gumanitar sohadagi imkoniyatlar, ilm-fan va ta’lim sohalarida amalga oshirilgan hamkorlikdagi loyihalarga tegishli ilmiy xulosalar, takliflar, mamlakatlardagi xalqlarning diasporalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Evropa Ittifoqi mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik qilish boshqarmasi faoliyatida tahliliy ma’lumotlar tayyorlangan hamda chora-tadbirlar ishlab chiqishda keng foydalanilgan. Bu jihatlar davlatlarning kelgusida ham siyosiy muloqotlarni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarga doir tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 29 martdagi 10/13389-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar mamlakat tashqi ishlar vazirligi faoliyatida, O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi ishida Boltiqbo‘yi davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorligini mustahkamlashda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari, olib borilayotgan iqtisodiy, investisiyaviy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish mexanizmlari; davlatlarning o‘zaro hamkorlik aloqalari va xalqlar o‘rtasida yillar davomida shakllangan do‘stlik munosabatlarining mustahkamlanishi bo‘yicha ma’lumotlari, ilmiy yangiliklaridan qo‘mita qoshidagi do‘stlik jamiyatlarining istiqbolli “Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda va o‘tkazilayotgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining 2018 yil 29 iyuldagi 01-12-1143-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan qo‘mita faoliyatida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, madaniy tadbirlar o‘tkazish va mamlakatdagi boltiqbo‘yiliklar bilan ishlashda keng foydalanilgan;
O‘zbekistonning tashqi siyosatida Boltiqbo‘yi davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari, mintaqalarda hamkorlik uchun yaratilgan sharoitlar borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalidagi “Munosabat” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2018 yil 10 apreldagi 01-35/535-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi davlatlari hamkorligining teng huquqli hamda o‘zaro manfaatlilik asosida do‘stona ko‘rinishda rivojlanib borayotgani, mamlakatlardagi xalqlarning shakllangan diasporalari xalq diplomatiyasi asosida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida teleklub a’zolari hamda aholiga batafsil ma’lumotlar etkazilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish