Utegenov Ongarbay Dariyabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologiya sohasida jamoatchilik nazoratini huquqiy ta’minlashni takomillashtirish», 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi; Agrar huquq; Ekologik huquq   (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Yu117.
Ilmiy maslahatchi:  Juraev Yuldosh Achilovich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Nurmatov Mirg‘olib Mirzaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. . Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi jamoatchilik tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirishning huquqiy mexanizmini ishlab chiqish, ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyotini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish, bu boradagi tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati sub’ekti ekanligi asoslangan;
jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini ma’lumotnoma yoki axborot tuzish shaklida rasmiylashtirish zarurligi asoslab berilgan;
jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini ro‘yobga chiqarish shakllari sifatida jamoatchilik ekologik nazoratining natijalari haqida xabardor qilish zarurligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligida ekologik nazoratning vazifalari va «ekologik nazorat» tushunchasi ishlab chiqilgan;
atrof-muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlashda hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirok etish huquqini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan;
jamoatchilik ekologik nazoratini atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil qilish, baholash va jamoatchilik fikrini o‘rganish usullari orqali amalga oshirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ekologiya sohasida jamoatchilik nazoratini huquqiy ta’minlashni takomillashtirish  bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati sub’ekti sifatida mustahkamlash to‘g‘risidagi takliflar yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlarning 14-moddasida o‘z aksini topgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2017 yil 22 fevraldagi 10-16/170-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati sub’ekti sifatidagi maqomini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini ma’lumotnoma yoki axborot tuzish shaklida rasmiylashtirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 21-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi D-07/203-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini to‘g‘ri rasmiylashtirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini ro‘yobga chiqarish shakllari sifatida jamoatchilik ekologik nazoratining natijalari haqida xabardor qilish, ekologik qonun hujjatlari talablarining buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish uchun takliflar kiritishni mustahkamlashga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi D-07/203-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jamoatchilik ekologik nazorati natijalari aniqlangan fakt bo‘yicha chora-tadbirlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishga xizmat qilgan;
davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi sifatida ekologik nazorat tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesining qonuniylik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2016 yil 16 maydagi 03-277-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi ekologik huquq tizimida va qonunchilikda yangi ilmiy-nazariy tushuncha bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
ekologik nazoratning tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash vazifasini belgilashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi D-07/203-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jamoatchilik nazoratida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolar ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
jamoatchilik ekologik nazoratini atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil qilish, baholash va jamoatchilik fikrini o‘rganish usullari orqali amalga oshirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasida o‘z ifodasini topgan      (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi D-07/203-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jamoatchilik ekologik nazoratini atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil qilish, baholash va jamoatchilik fikrini o‘rganish usullarini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish