Maxmudova Musharraf Mirraxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy sport turini qo‘llagan holda oliy ta’lim muassasalari talaba qizlarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped.255.
Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sariboev Shuxrat Turdibekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbek jang san’ati”ning takomillashtirilgan kompleks mashqlaridan maqsadli foydalanish asosida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlarini jismonan tarbiyalash jarayonini optimallashtirish yo‘llarini belgilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy o‘quv yurtlari uchun jismoniy tarbiya dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, darslarda sport pedagogikasi tamoyillaridan (jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning o‘zgarishi, ta’lim-tarbiya ta’sirini kuchaytirish, yuklama dinamikasini moslashtirib muvozanatlashtirish, mashg‘ulotlar siklik tuzilishi va jismoniy tarbiyaning yosh xususiyatiga mosligi) izchil foydalanish asosida materiallar o‘zlashtirilib, uning ta’limiy, sog‘lomlashtiruvchi va tarbiyaviy yo‘nalishlari asoslab berilgan;
“O‘zbek jang san’ati” kompleks mashqlari asosida talaba qizlarni jismonan rivojlantirishning xususiyatlari (texnologik, psixologo-pedogogik) ochib berilgan;  
“O‘zbek jang san’ati”ning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishlari “Assalom tong” va “Kompleks mashqlar”ni (“Alpomish”, “Bobur Mirzo”, “To‘maris” va boshq.) harakat sifatlariga ta’siri bo‘yicha tabaqalashtirilgan;   
O‘zbek jang san’ati kompleks mashqlaridan (“Vatan”, “Berdoq”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Paxlavon Maxmud” va boshq.) foydalangan holda talaba qizlarning fuksional hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning ilmiy-amaliy usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy sport turini qo‘llagan holda oliy ta’lim muassasalari talaba qizlarini jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya dasturi o‘zbek jang san’ati asosida takomillashtirilgan hamda kompleks mashqlarni talaba qizlar organizmiga ta’sir darajasi aniqlangan, sport pedagogikasi tamoyillaridan izchil foydalanish bo‘yicha tavsiyalar “Jismoniy tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-075 raqamli guvohnoma). Natijada jismoniy tarbiya darslarida talaba qizlarni jismoniy tarbiyalashning ta’limiy, sog‘lomlashtiruvchi va tarbiyaviy yo‘nalishlari asoslab berilgan;
jismoniy tarbiya darslari uchun “O‘zbek jang san’ati”ning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishlari va milliy sport turi vositalari yordamida talaba qizlarni jismonan rivojlantirishning texnologik, psixologo-pedogogik xususiyatlari “Jismoniy tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda oliy ta’lim muassasalari (O‘zMU, TDSI) jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4205-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba qizlarning kuch sifati 8,9%, tezkor-kuch sifati 7,3%, tezkorligi 11,8%, egiluvchanligi 8,6% ga yaxshilangan;
 jismoniy tarbiya darslarida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlarining salomatligi, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks mashqlar harakat sifatlariga ta’siri bo‘yicha tabaqalashtirilgan  va  “Jismoniy tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘, 892-075 raqamli guvohnoma). Natijada talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Alpomish”, “Bobur Mirzo”, “To‘maris”  va boshqa  komplekslar qo‘llanilgandan  so‘ng kuch 10,1%, tezkorlik 12,6%, oshgan;
talaba qizlarining fuksional hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar oliy ta’lim muassasalari (O‘zMU, TDSI) jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 03-08-08-899-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarning tezkor-kuch sifati 6,6%, egiluvchanligi 10,2% rivojlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish