Muminova Umida Toxtasinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar formali kiyimini kompleks loyihalash metodologiyasi», 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T190.
Ilmiy maslaxatchi: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qulay(komfort)likni ta’minlovchi formali kiyimni kompleks loyihalash metodologiyasini takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiyimga nisbatan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan tartibni  vaziyatli tahlil qilish, forma shaklantirish nazariyasiga asoslangan bolalar buyumini kompleks loyihalash umumiy strategiyasi doirasida “inson – kiyim - atrof muhit” tizimida bolalar kiyimi sanoat assortimentini loyihalash prinsipi ishlab chiqilgan;
ilk bor ta’lim jarayonida maktab o‘quvchilari faoliyati funksional jarayonlarini dekompozisiyalash asosida bolalar formali kiyimi ratsional assortimentini vaziyatli loyihalash metodi yaratilgan;
konstruktiv bo‘linish va modellarning o‘ziga xos  texnologik xususiyati, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan materiallar paketi komponentlari to‘plami sifatida to‘plamlar nazariyasidan foydalanish asosida formali kiyim komplekti tarkibini optimallashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
iste’molchilik ustivorligi muayyan tartibi va ekspertlar tomondan berilgan bahoga asoslangan Noriaki Kano modeli yordamida bolalar kiyimi qulay(komfort)ligini baholash usuli va komplekt massasi, tashqi ko‘rinishi, materiallarning ranglari va fizik-mexanik xossalarini hisobga olish kabi mezonlari ishlab chiqilgan;
buyumning hayotiy siklida bolalar formali kiyimining qulay(komfort)ligi va ma’naviy- jismoniy,  shartli-dinamik ko‘rsatkichlari majmui, chidamlilikni aniqlovchi  umumlashtirilgan modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalar formali kiyimini kompleks loyihalash metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan  bolalar formali kiyimining yangi komplekti (ustki va kundalik kiyim komplekti) “O`zto`qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimiga, xususan “IDEAL” tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilgan (“O`zto`qimachiliksanoat” Uyushmasining 2020 yil 12 iyundagi 03/06-1527-son ma’lumotnomasi). Natijada  ishlab chiqarish samaradorligini 9,1%ga oshirish imkonini bergan;
bolalar formali va sport kiyimini  kompleks loyihalash metodi va ishlab chiqarish texnologiyasi (7 ta komplektga dizayn va texnik vazifa) “O`zto`qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimiga, xususan “UZTEXChirchik” QK MChJ tikuvchilik korxonasiga tatbiq etilgani («O`zto`qimachiliksanoat» Uyushmasining 2020 yil 12 iyundagi 03/06-1527-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumlarini ishlab chiqarish samaradorligini 10,4%ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan  bolalar formali kiyimining yangi komplekti (ustki va kundalik kiyim komplekti) Toshkent shahrining «OXBRIDGE INTERNATIONAL SCHOOL», «OLTIN QANOT» umumta’lim maktablarida tatbiq etilgan («O`zto`qimachiliksanoat» Uyushmasining 2020 yil 12 iyundagi 03/06-1527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bolalarning formali kiyimni shakl barqarorligini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish